AQŞda Kolumbiya Prezidentiga qarşi tergov boşlandi – NYT
21-03-2026, 11:05
117 марта

AQŞda Kolumbiya Prezidentiga qarşi tergov boşlandi – NYT
Manxetten va Bruklin prokuraturalari Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petroga nisbatan tergov boşladi. Bu haqda öz manbalariga tayanib, “The New York Times” gazetasi xabar berdi.Naşr malumotlariga köra, jarayonga xalqaro narkotrafik işlari böyiça ixtisoslaşgan prokurorlar, şuningdek, Narkotiklarga qarşi kuraş boşqarmasi (DEA) va Içki xavfsizlik tergov xizmati agentlari jalb qilingan.
“Tergov doirasida, boşqa masalalar bilan bir qatorda, Petroning narkofuruşlar bilan ehtimoliy uçraşuvlari hamda uning prezidentlik ştabi narkobaronlardan xayriya mablağlari yiqqan-yiğmagani örganilmoqda”, deydi manbalar.
Maqolada aytilişiça, prokuraturalar tergovni bir-biridan mustaqil ravişda olib bormoqda. Hozirda ular boşlanğiç bosqiçda va biror-bir jinoiy ayblov elon qilinişi yoki qilinmasligi hozirça nomalum.
Şuningdek, gazetaning aniqlik kiritişiça, uşbu tergovlar Oq uy taşabbusi bilan boşlangani haqida heç qanday dalil yöq.