Sudandagi şifoxonaga zarba berildi. 60 dan ortiq odam halok böldi
22-03-2026, 16:20
45 марта

Sudandagi şifoxonaga zarba berildi. 60 dan ortiq odam halok böldi
Sudanning janubi-ğarbidagi şifoxonaga uyuştirilgan hujum oqibatida 60 dan ortiq kişi qurbon böldi. Bu haqda bugun, 22 mart kunt JSST rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus özining X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida malum qildi.Uning sözlariga köra, hujumga uçragan Al-Deyn şifoxonasi Sudandagi tibbiyot muassasalariga qilingan birinçi hujum emas. JSST rahbarining xabar berişiça, kamida 64 kişi halok bölgan, ular orasida 13 nafar bola, ikki hamşira, bir şifokor va bir neça bemorlar bor.
Hujum oqibatida 89 kişi tan jarohati olgan (şundan sakkiz nafari tibbiyot xodimlari). Şuningdek, şifoxonaning pediatriya, tuğruqxona va şoşilinç yordam bölimlariga jiddiy zarar yetgan.
“Uşbu fojia oqibatida Sudandagi uruş davrida tibbiyot muassasalariga qilingan hujumlar qurbonlarining umumiy soni 2000 nafardan oşdi. Deyarli uç yillik mojaro davomida JSST tibbiyot muassasalariga qilingan 213 ta hujum oqibatida 2036 kişi halok bölganini tasdiqladi”, deydi Gebreyesus.JSST rahbarining qöşimça qilişiça, hozirda Al-Deyn öquv-şifoxonasi yetkazilgan keng kölamli zararlar tufayli işlamayapti, bu esa hayotiy muhim tibbiy xizmatlar körsatişda keskin uzilişlarga olib kelgan.
Sudanning “Favqulodda huquqşunoslar” (Emergency Lawyers) huquqni muhofaza qiliş guruhi xabar berişiça, Al-Deyn universiteti şifoxonasiga zarba muntazam armiya droni tomonidan berilgan. JSST hujum faktini tasdiqlagan, biroq aybdor tomonni oçiqlamagan.
Al-Deyn hozirda Tezkor reaktsiya kuçlari nazorati ostida. Armiya uşbu harbiylaştirilgan tuzilmalarni mamlakat markaziy hududlaridan Darfurga siqib çiqarişga urinayotgani sababli şahar muntazam ravişda hujumlarga uçramoqda.
Dronlar yordamida zarba beriş Sudandagi uruşning öziga xos xususiyatiga aylangan. BMT avvalroq mojaro tomonlari aholi ziç yaşaydigan hududlarda kuçli dronlar va portlovçi qurollardan tobora köproq foydalanayotganini malum qilgan. Taşkilot malumotlariga köra, 2025 yil dekabr oyigaça tibbiyot muassasalariga qilingan hujumlar oqibatida 1800 dan ortiq kişi, jumladan, 173 nafar tibbiyot xodimi halok bölgan.
Sudandagi uruş allaqaçon ön minglab odamlarning hayotiga zomin böldi va 11 milliondan ortiq kişini öz uyini tark etişga majbur qildi. BMT bahosiga köra, butun mamlakat böylab 33 milliondan ortiq kişi gumanitar yordamga muhtoj.