Telegram örniga Max: Rossiyada nazorat quroli aholiga qanday majburlanmoqda?
24-03-2026, 09:58
229 марта

Telegram örniga Max: Rossiyada nazorat quroli aholiga qanday majburlanmoqda?
Şunga qaramay, köplab rossiyaliklar va kompaniyalar bloklangan servislar, birinçi navbatda, Telegramdan foydalanişda davom etmoqda. Foydalanuvçilar Max’ning funktsiyalari çeklangani va doim işlatib kelingan servislarga nisbatan noqulayligini takidlamoqda. “Milliy messenjer” kiberxavfsizlik mutaxassislarida xavotir uyğotmoqda: Max foydalanuvçi malumotlarini yiğadi, undagi bir qator zaifliklar esa servisni potentsial xavfli qilib qöyadi — malumotlar firibgarlar qöliga tuşib qolişi mumkin.
Max — “xom” messenjer
eQualitie loyihalari koordinatori Leonid Yuldaşevning DW naşriga tuşuntirişiça, 2025 yil mart oyida işga tuşirilgan Max messenjeri hali yakuniga yetkazilmagan edi, uning köplab funktsiyalari hali ham xomligiça qolmoqda. Uning qayd etişiça, hukumat ilgari muvaffaqiyatli bölgan vositalarni agressiv ravişda siqib çiqarmoqda.
Masalan, Max’da sörovnomalar ötkaziş imkoniyati yöq, kanallar imkoniyati böyiça Telegram’dan ança ortda qoladi, şifrlangan maxfiy çatlar yaratiş esa imkonsiz. Bu nafaqat muxolif kayfiyatdagi aholi, balki siyosatga qiziqmaydigan fuqarolar va biznes egalarining ham noroziligiga sabab bölmoqda.
“Davlat şunçaki ularning iş va daromad qurollarini tortib olmoqda. Albatta, ular norozi”, deydi mutaxassis.

“Ehtimol dasturçilarga relizni (dasturning ommaga taqdim etilişini) ortga surişga ruxsat berilmagan, şuning uçun u xom holatda çiqdi”, deydi Yuldaşev.
Bundan taşqari, Max’da yozişmalarni şifrlaş tizimi (end-to-end encryption) mavjud emas. Xabarlar qoralamalari, biriktirilgan fayllar, şaxsiy va guruh çatlaridagi barça malumotlar administratorlar, maxsus xizmatlar va firibgarlar uçun oçiq.
Xususan, ijtimoiy tarmoqlarda firibgarlarning “Mamont” sxemasi muhokama qilinmoqda: ular fişing orqali profilni buzib kirib, qurbon nomidan pornografik kontent tarqatişadi, söngra buni barça kontaktlarga yubormaslik evaziga pul talab qilişadi.
Çöntakdagi “Roskomnadzor” ayğoqçisi
Ötkazilgan tadqiqotlar Max’ning Android versiyasida ayğoqçi modul borligini aniqladi. U VPN’dan foydalanişni kuzatadi, Telegram va WhatsApp kabi bloklangan resurslarning oçiqligini tekşiradi va bu malumotlarni messenjer serverlariga uzatadi. Bunda foydalanuvçi ID’si, ulaniş turi, aloqa operatori, IP manzil va VPN holati qayd etiladi.
“Max’ning har bir foydalanuvçisi özi bilmagan holda Rossiya tsenzurasi sifatini yaxşilaşga xizmat qiladi”, deydi mutaxassis.Uning sözlariga köra, bunday malumotlar hukumatga VPN ulanişlarni, jumladan, şaxsiy serverlarni ham samaraliroq bloklaş imkonini beradi.
Rossiyaliklar qanday qilib Max’ga haydalmoqda?
Max’ni joriy etiş boşidanoq hukumat tomonidan bosimlar bilan birga keçdi. Foydalanuvçilar sonining keskin ösişi mobil internetga çeklovlar qöyilişi hamda Telegram va WhatsApp kabi muqobil messenjerlar işida muammolar paydo bölişi fonida boşlandi. Ayrim hollarda foydalanuvçilarga amalda faqat “oq röyxat”dagi servislardangina foydalaniş imkoniyati qoldirilmoqda, Max esa aynan şu röyxatga kiritilgan.
2025 yil 1 sentyabrdan boşlab messenjerni qurilmalarga majburiy örnatiş (pre-install) talabi qöyildi. Maktab öquvçilari, talabalar, öqituvçilar va byudjet taşkiloti xodimlari uçun undan foydalaniş amalda majburiy tus oldi. Ilova boğçalarga ham faol joriy etilmoqda — u yerda ota-onalar çatlari taşkil qilinmoqda.
Foydalanuvçilarning xabar berişiça, undan voz keçiş stipendiyadan mahrum qilişdan tortib, işdan böşatişgaça bölgan sanktsiyalarga sabab bölişi mumkin. The Barents Observer malumotlariga köra, bunday holatlar Rossiyaning kamida 23 ta oliygohida qayd etilgan bölib, u yerda Max’ni örnatiş öqişni yoki işni davom ettiriş şartiga aylangan. Köp kvartirali uylarning umumiy çatlari ham uşbu messenjerga ötkazilmoqda — agar bunday çatlar mavjud bölmasa, 300 000 rublgaça jarimalar közda tutilgan.
Amaldorlar uçun majburiyat
Forbes naşrining xabar berişiça, Rossiya rasmiylari mansabdor şaxslarga xizmat vazifalarini bajarişda va fuqarolar bilan muloqot qilişda Max davlat messenjeridan foydalaniş majburiyatini yuklaşni rejalaştirmoqda. Tegişli talab 10 fevral kuni birinçi öqişda qabul qilingan firibgarlikka qarşi kuraş çoralariga doir qonun loyihalari paketining ikkinçi öqişiga kiritilgan tuzatişlarda öz aksini topgan. Agar uşbu yangilik yakuniy tasdiqdan ötsa, sentyabr oyidanoq kuçga kirişi mumkin. Istisno holatlar faqat davlat organlari faoliyati haqida malumot beriş yoki davlat axborot tizimlari orqali yuborilgan murojaatlar bilan boğliq vaziyatlar uçungina közda tutilgan.
Şu bilan birga, Raqamli rivojlaniş vazirligiga yaqin manbalar uşbu çoralar samaradorligiga şubha bilan qaramoqda. Ularning fikriça amaldorlar bu talabni amalda etiborsiz qoldirişlari mumkin, çunki hozirgi vaqtda talabni bajarmaslik uçun javobgarlik belgilanmagan. Avvalroq “Vedomosti” naşri turli darajadagi davlat xizmatçilariga — gubernatorlar, mintaqaviy hukumat azolari, saylov komissiyalari rahbarlari, senatorlar, davlat Dumasi deputatlari, parlamentariylar, merlar va boşqa davlat mulozimlariga davlat messenjerini örnatiş qatiy tavsiya etilgani haqida xabar bergan edi. Naşr manbalaridan birining malum qilişiça, istiqbolda federatsiya subektlaridagi Max foydalanuvçilari soni gubernatorlar faoliyati samaradorligini baholaş körsatkiçlari (KPI) röyxatiga mezon sifatida kiritilişi mumkin.