Talaba yotoqxonada dunyoga keltirgan farzandini öldirdi
25-03-2026, 12:56
1 487 марта

Talaba yotoqxonada dunyoga keltirgan farzandini öldirdi
Qozoğistonning Pavlodar şahrida talaba qiz yotoqxonada dunyoga keltirgan farzandini öldirdi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.Qayd etilişiça, u ikki yildan ortiq vaqt davomida bir yigit bilan yaqin munosabatda bölgan. Biroq, yigit qizning homiladorligini bilgaç, bolani tan olmagan.
Sud materiallariga köra, qiz butun homiladorlik davrida öz holatini ota-onasi va atrofdagilardan yaşirgan. 2025 yil oktyabr oyida u talabalar yotoqxonasining hammomida tuğruqqa töliq yetilgan qiz farzandini dunyoga keltirgan.
Qiz özining körsatmasida yolğiz farzand tarbiyalaşga tayyor emasligini va qarindoşlarining tanqididan qörqqanini bildirgan va sudda aybini töliq tan olgan.
Aniqlanişiça, qizning onasi voqea haqida guruh sardoridan eşitganini aytgan. Sardor yotoqxonaga kelganda, qizni oğir ahvolda körib, tez yordam çaqirgan. Çaqaloq jasadi esa huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan olib ketilgan.
Mazkur iş qisqartirilgan tartibda körib çiqilgan va Jinoyat kodeksining 100-moddasi “ona tomonidan yangi tuğilgan bolani tuğruqdan keyingi davrda, ruhiy oğir holatda öldiriş” deb baholangan. Oğirlaştiruvçi holatlar aniqlanmagan, yengillaştiruvçi omillar sifatida aybni tan olişi, puşaymonligi, ilgari sudlanmagani va yoşligi hisobga olingan.
Sud qizni aybdor deb topib, unga 2 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlagan. Şuningdek, yaşaş joyini ruxsatsiz özgartirmaslik va köngiloçar joylarga bormaslik talabi qöyilgan.
Bundan taşqari, u jazo muddati davomida kuniga 4 soatdan oşmagan holda 100 soatdan majburiy jamoat işlarida işlaşi kerak böladi.