Farzandini 7-qavat derazasidan çiqarib, xavf ostiga qöygan ona şifoxonaga yuborildi
18-02-2026, 08:14
452 марта

Farzandini 7-qavat derazasidan çiqarib, xavf ostiga qöygan ona şifoxonaga yuborildi
Toşkentda farzandini 7-qavatdan çiqarib, videoga olgan ayol ruhiy-asab kasalliklari şifoxonasiga yuborildi. Bu haqda poytaxt Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.Malum bölişiça, Yangihayot tumani “Yangi Çoştepa” mahallasi hududida 2001 yilda tuğilgan N.K. voyaga yetmagan farzandini yettinçi qavatdan derazadan çiqarib, videoga olgan va ijtimoiy tarmoqqa joylagan.
Hozirda N.K.ning ruhiy holatini tekşiriş uçun ruhiy-asab kasalliklar şifoxonasiga yuborilgan. Şuningdek, uning farzandiga jiddiy zarar yetmagan va bola yaqin qarindoşlari nazoratiga topşirilganligi bildirilgan.
“Uşbu holat böyiça Yangihayot tumani IIO FMBB tergovga qadar tekşiruv ötkazmoqda va yakunda qonuniy qaror qabul qilinişi taminlanadi”, deyiladi rasmiy bayonotda.