Özbekistonlik talaba işqiy munosabat uçun çaqirilgan ayolni böğib öldirdi
8-10-2025, 05:56
2 995 марта

Toşkentda talaba işqiy munosabat uçun çaqirilgan ayolni böğib öldirdi
Toşkent şahrida 25 yoşli talaba yigit ijaraga olingan xonadonlarning birida işqiy munosabat qiliş uçun çaqirgan ayolni böğib öldirdi. Bunga ayolning yigitni “şantaj” qilgani sabab bölgan. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.Qayd etilişiça, joriy yilning 10 iyun kuni poytaxtning Yaşnobod tumanida sudlanuvçi ayolni işqiy munosabatda böliş uçun ijaraga olingan xonadonga çaqirgan. Uşbu uyda ularning örtasida özaro janjal kelib çiqqan. Oqibatda yigit marhumani qasddan böğib öldirib, murdani yaşiriş maqsadida çoyşabga arqon yordamida öragan va voqea joyidan yaşiringan.
“Ikkinçi bosqiç bakalavr talabasiman. Telegram'dan xirsimni qondiriş maqsadida öşa kanalga kirdim, yani yengil tabiatli ayollar elonlar kanaliga. Boşqa kunlik kvartiralar qidirdim. Bitta qizning liçkasiga ötdim. Keyin undan batafsil söradim. Soatini 1 mln 200 ming söm dedi. Hammasi öz joyida ketayotgan edi. Tinmasdan uni telefoni jiringlab yotardi. Kim bilandir gaplaşişni boşladi. Keyin menga tahdid qila boşladi. “Hozir menga qayerda bölsa ham 5 million söm topib berasan, bölmasa seni qamatib yuboraman”, deb birdan örtaçadan baland ovozda qiçqiriq aralaş şantaj işlatdi. Men umuman özimni yöqotib qöydim. Şunday qiçqirayotganda barmoqlarim bilan oğzini yopayotganimda, barmoğimni tişlab oldi. Barmoğimni tişlaganida qöllarim böyniga ketib qolibdi. Keyin nima bölganini bilmayman. Turtib köraymi desam, tana taraşadek qotib qolgan ekan. Men judayam qörqib ketdim. Surxondaryoga ketdim, qörqib ketdim men”, deydi yigit sud zalida.Bugun, 7 oktyabr Jinoyat işlari böyiça Yaşnobod tuman sudida yuqoridagi holat böyiça sud işi körib çiqilgan. Sudlanuvçi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilgan va 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada ötaşi belgilangan.