AQŞ yaqin orada Eronda quruqlikdagi operatsiyani boşlaşi mumkin
26-03-2026, 20:35
50 марта

AQŞ yaqin orada Eronda quruqlikdagi operatsiyani boşlaşi mumkin
Amerika qöşinlarining Erondagi quruqlikdagi operatsiyasi yaqin orada boşlanişi mumkin. Bu haqda manbalarga tayanib, “The Wall Street Journal” jurnalisti Aleks Uord malum qildi.“Kongressdagi kamida uç nafar respublikaçi, jumladan, Vakillar palatasi va Senatning Qurolli kuçlar böyiça qömitalari raislari Eronda quruqlikdagi operatsiya rejalaştirilgani va u potentsial ravişda tez orada boşlanişi mumkinligini oçiq bayon qilişmoqda”, deb yozdi jurnalist X ijtimoiy tarmoğida.Bundan oldin “The Jerusalem Post” naşri AQŞ Eron neft eksportining 90 foizi ötadigan Xarg orolini egallaş uçun quruqlikdagi harbiy operatsiyani boşlaşdan “boşqa çorasi qolmasligi mumkin” deb hisoblayotgani haqida xabar bergan edi. Orolni egallaş rejalari haqida “Axios” ham yozgan. “Financial Times” va “Newsmax” naşrlari esa minglab dengiz piyodalari va harbiy kemalarning Yaqin Şarqqa tezlaştirilgan holda jönatilayotgani haqida xabar tarqatdi.
CNN manbalariga köra, Eron orolga qöşimça qöşinlar ötkazmoqda va bostirib kiriş ehtimoliga qarşi tuzoqlar örnatmoqda. Eronning “Tasnim” agentligi malumotlariga köra, Xarg orolini egallaşga uriniş sodir bölsa, Tehron “misli körilmagan” javob qaytarişi mumkin.