USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tramp Eronning Xarg orolini bosib olmoqçi — Axios

259 марта

Tramp Eronning Xarg orolini bosib olmoqçi — Axios

Manba: Xarg orolining 7-mart kungi sun’iy yöldoşdan körinişi / EPA
AQŞ prezidenti mamuriyati Eronning Xarg orolini bosib oliş yoki blokada qiliş masalasini körib çiqmoqda. Bu haqda anonim manbalarga tayanib, Axios portali xabar berdi.

Malum qilinişiça, Tramp mamuriyati bu orqali Eronga Hormuz böğozini oçişi uçun bosib ötkazmoqçi.
“U Hormuzning oçilişini istaydi. Agar Xarg orolini bosib olişi kerak bölsa, bu sodir böladi. Agar qirğoqqa bostirib kirişga qaror qilinsa, bu amalga oşadi. Ammo hozirda yakuniy qaror qabul qilinmagan”, dedi mamuriyatning yuqori lavozimli vakili.
Yana bir amaldorning aytişiça, AQŞ prezidentlari öz davridagi mojarolarda quruqlikdagi qöşinlardan foydalanib kelgan.
“Bilaman, bu ommaviy axborot vositalarining diqqat markazidagi mavzu va men siyosatni tuşunaman, biroq prezident töğri deb hisoblagan qarorni qabul qiladi. Hozirça heç qanday qaror yöq”, dedi ikkinçi yuqori martabali mulozim.
Fors körfazida joylaşgan, uzunligi qariyb 8 kilometr bölgan Xarg oroli Eron uçun muhim neft markazi hisoblanadi. Mamlakat neft eksportining qariyb 90 foizi şu orol orqali amalga oşiriladi. Uruşning dastlabki ikki haftasida orol AQŞ-Isroil hujumlaridan deyarli çetda qolgandi.

Biroq ötgan hafta AQŞ oroldagi harbiy inşootlarni bombardimon qildi, neft eksport qilinadigan obektlar hujumga uçramadi. Tramp agar Eron yoki boşqa davlatlar kemalarning Hormuz böğozidan xavfsiz ötişiga “qandaydir tarzda xalaqit bersa”, neft obektlari hujumga uçraşini istisno etmadi. Eronning AQŞ va Isroil hujumlariga javoban kemalarga hujum qila boşlaganidan söng Hormuzda harakatlaniş tösib qöyilgan va bu neft narxining keskin oşişiga olib keldi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: