Yaqin Şarqdagi mojaroning oqibatlari koronavirusga öxşaydi – Putin
27-03-2026, 12:09
116 марта

Yaqin Şarqdagi mojaroning oqibatlari koronavirusga öxşaydi – Putin
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Yaqin Şarqdagi mojaroni koronavirus pandemiyasiga öxşatdi va uning oqibatlarini oldindan aniq aytiş qiyinligini takidladi. Bu haqda u Rossiya sanoatçilar va tadbirkorlar ittifoqi qurultoyining yalpi majlisida malum qildi.Uning sözlariga köra, AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi global iqtisodiyotga tobora kuçli tasir körsatmoqda.
“Yaqin Şarqdagi qurolli mojaro bugungi vaziyatga sezilarli tasir körsatmoqda va xalqaro logistika, işlab çiqariş hamda hamkorlik zanjirlariga katta zarar yetkazmoqda. Neft-gaz, metall, öğit işlab çiqariş kabi butun boşli sohalar zarba ostida qoldi. Bu mojaroning oqibatlarini hozir aniq prognoz qiliş qiyin. Hatto mojaro içidagi tomonlar ham buni oldindan bilolmayapti, biz uçun esa bu yanada murakkab”, degan Putin.
U, şuningdek, buni koronavirusga öxşatgan.
“Şunga qaramay, biz şu şaroitda yaşaşimiz kerak. Bu vaziyatni hatto koronavirus pandemiyasiga öxşatişmoqda. Eslatib ötaman, pandemiya butun dunyo rivojlanişini keskin sekinlaştirgan edi”, degan Rossiya yetakçisi.AQŞ va Isroilning Eronga zarbalari hamda Eronning javob harakatlari natijasida energiya resurslari va boşqa tovarlar narxi keskin oşdi. Bu esa jahon iqtisodiyotining sekinlaşişiga olib kelişi mumkin.
Biroq, neft narxining oşişi Rossiya uçun malum darajada foydali ham bölişi mumkin, çunki bu neft eksport qiluvçi kompaniyalar va davlat byudjeti daromadlarini oşiradi.
“Bozorlar hozir özgarib turibdi. Bunday vaziyatda tez foyda oliş, daromadni sarflab yuboriş vasvasasi paydo bölişi mumkin. Lekin ehtiyotkorlikni saqlaş kerak. Agar bugun bozorlar bir tomonga özgarsa, ertaga boşqa tomonga özgarişi mumkin. Şuning uçun ham kompaniyalar va davlat moliyasida ehtiyotkor, muvozanatli siyosat yuritiş zarur. Biz byudjet tizimida ham aynan şunday yöl tutamiz va fuqarolar oldidagi majburiyatlarni bajarişda davom etamiz”, degan Vladimir Putin.