AQŞ gipertovuşli raketasining yangi sinovlarini ötkazdi
27-03-2026, 15:51
96 марта

AQŞ gipertovuşli raketasining yangi sinovlarini ötkazdi
Amerika harbiylari uzoq masofaga uçuvçi Dark Eagle gipertovuşli raketasining navbatdagi sinovlarini ötkazdi. Bu haqda “Space Coast Daily” gazetasi xabar berdi.Naşr malumotlariga köra, sinovlar keça, 26 mart kuni bölib ötgan. Raketa Florida ştatidagi Kanaveral burnida joylaşgan AQŞ Kosmik kuçlari bazasidan uçirilgan.
Qayd etilişiça, armiya uzoq masofali gipertovuşli qurolga (Long-Range Hypersonic Weapon, LRHW) rasman Dark Eagle nomini atigi bir neça kun oldin bergan.
Malumot uçun, Dark Eagle Lockheed Martin korporatsiyasi tomonidan işlab çiqilgan. Uning yordamida ommaviy zarbalar beriş, şuningdek, mustahkamlangan mudofaa çiziqlarini yorib ötiş mumkin. Raketa soatiga 6 ming kilometrdan yuqori tezlikda 3 ming kilometrgaça bölgan masofani bosib ötişga qodir.
Amerika harbiylari gipertovuşli raketani ilk bor 2024 yil dekabrida sinovdan ötkazgan. Pentagon öşanda sinovlar muvaffaqiyatli ötganini malum qilgan.