USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲ USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Dunyodagi eng tor uy qurildi

58 марта

Dunyodagi eng tor uy qurildi

Peru şimolidagi Uaral provintsiyasi, Aukalyama tumanida kengligi bor-yöği 63 santimetr bölgan, töliq funktsional dunyodagi eng tor uy barpo etildi. Bu haqda “Oddity Central” naşri xabar berdi.

Qayd etilişiça, uşbu turarjoy mahalliy fuqaro Fabio Moreno tomonidan loyihalaştirilgan va qurilgan. Taşqi körinişidan köça art-installyatsiyasiga öxşasa-da, uyda zamonaviy yaşaş uçun barça zaruriy qismlar mavjud: yuviniş xonasi, oşxona, ovqatlaniş xonasi, yölak, yotoqxona, iş xonasi, kir yuviş xonasi va ikki qavatni boğlovçi ikkita zina bor.


Uy Aukalyamaning boş maydoni röparasida joylaşgan bölib, istagan kişi uni borib körişi mumkin. Biroq joy juda tor bölgani sababli bir vaqtning özida ikki yoki undan ortiq kişining içkarini közdan keçirişi imkonsiz.

Morenoning sözlariga köra, bunday inşootni qurişdan maqsad – baxt uyning hajmiga emas, balki mavjud maydondan qançalik samarali foydalanişga boğliqligini körsatişdir. Uyning ğayritabiiy şakli va yorqin ranglari minglab sayyohlarni öziga jalb qilmoqda. Taxmin qilinişiça, u tez orada maşhur turistik maskanga aylanadi.

Moreno allaqaçon Ginnesning rekordlar kitobiga “dunyodagi eng tor uy” unvoni uçun ariza topşirgan, ammo rekordni tasdiqlaş jarayoni bir oz vaqt talab qilişi mumkin.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: