Putin milliarderlar bilan yopiq uçraşuv ötkazdi
29-03-2026, 14:22
170 марта

Putin milliarderlar bilan yopiq uçraşuv ötkazdi
Keça, 27 mart kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakatdagi yirik biznes vakillari bilan yopiq uçraşuv ötkazdi. Bu haqda RBK xabar berdi.Rossiya sanoatçilar va tadbirkorlar ittifoqi (RSPP) prezidenti Aleksandr Şoxin jurnalistlarga malum qilişiça, Putin bilan ötkazilgan yopiq uçraşuvda yirik biznes vakillari suniy intellektni (SI) tartibga soliş, tadbirkorlar huquqlarini himoya qiliş hamda platformali iqtisodiyot masalalarini muhokama qilgan.
Davlat rahbari RSPP qurultoyining yalpi majlisidan söng ittifoq boşqaruvi byurosi azolari va tadbirkorlar bilan yopiq formatda uçraşuv ötkazgan. Muloqot qariyb ikki soat davom etgan. Şoxinning sözlariga köra, yuqoridagi mavzular bilan bir qatorda, Putin va biznes vakillari sanktsiyalarga nisbatan “közgu mexanizmi orqali javob beriş” zaruriyatini ham körib çiqqan. Gap döst bölmagan mamlakatlarda huquqlari buzilgan Rossiya kompaniyalarining manfaatlarini sud orqali himoya qiliş haqida ketgan.
“U huquqşunos sifatida bizga xalqaro ommaviy huquqning xususiy huquqdan nimasi bilan farq qilişini va qanday işlaş mumkinligini tuşuntirib berdi. Yani, u uşbu takliflarni körib çiqiş uçun qabul qildi”, deya aniqlik kiritgan Şoxin.RSPP rahbarining takidlaşiça, Prezident va biznes ananaviy tarzda geosiyosat, jumladan, Ukraina va Yaqin Şarqdagi vaziyatni ham muhokama qilgan. Şoxinning aytişiça, Putin yaqin uç-tört hafta içida Yaqin Şarqdagi mojaro hal etilişiga umid bildirgan, biroq inqiroz şaroitida olingan öta yuqori foyda “uzoq davom etmasligini” tuşuntirgan.
Uçraşuv yakunlari böyiça Şoxin Iqtisodiy rivojlaniş vaziri Maksim Reşetnikovning Davlat dumasidagi bayonotiga ham izoh bergan. Vazir ayrim tarmoqlarda öta yuqori foyda soliğini joriy etiş böyiça muloqotga tayyorligini aytgan edi. RSPP rahbarining fikriça, agar rubl kursi keskin zaiflaşsa va eksportçilarda qöşimça kurs daromadlari paydo bölsa, bunday muhokamalar örinli bölişi mumkin.
“Agar rubl qadrsizlansa, öta yuqori foyda paydo böladi va uni xuddi avvalgi windfall tax (kutilmagan foyda soliği) kabi soliqqa tortişni heç bölmaganda muhokama qiliş mumkin. Agar rubl kursi 100 gaça tuşib ketsa, eksportçilarda muhokama qiladigan narsa topiladi”, deydi u.Tadbirkor Oleg Deripaskaning sözlariga köra, uçraşuvda iqtisodiy ösiş suratlarini tiklaş haqida ham söz borgan.
“Prezident aynan şu masalaga – taşqi bozorlardagi özgargan vaziyatni hisobga olgan holda qanday çeklovlar, muammolar va istiqbollar borligiga katta etibor qaratdi. Markaziy bankning antiinflyatsion dasturlariga qaramay, iqtisodiy ösiş suratlarini qançalik tez tiklaş mumkinligi eng asosiy masaladir”, deydi u qurultoy doirasida.