Tramp qator NATO davlatlarini ovoz beriş huquqidan mahrum qilmoqçi
29-03-2026, 14:38
44 марта

Tramp qator NATO davlatlarini ovoz beriş huquqidan mahrum qilmoqçi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyaning Hormuz böğozini qamaldan çiqariş uçun kemalar yuborişdan boş tortganidan hafsalasi pir bölgan va AQŞ kontingentini Germaniyadan olib çiqib ketiş haqida öylamoqda. Bu haqda “The Telegraph” naşri xabar berdi.Qayd etilişiça, Donald Tramp moliyalaştiriş böyiça talablarini bajarmayotgan azolarni jazolaş maqsadida NATOni qayta taşkil etiş imkoniyatini körib çiqmoqda. Bunda “töla va iştirok et” (pay-to-play) modeli taklif etilmoqda. Uşbu model ittifoqçilarni qaror qabul qiliş imkoniyatidan, jumladan, blokda uruş boşlangan taqdirda ham mahrum qilişi mumkin. Xususan, Tramp agar NATO azolari mudofaa xarajatlarini YaIMning 5 foizi miqdoriga yetkazmasa, ularni qaror qabul qilişda ovoz beriş huquqidan mahrum etişni rejalaştirmoqda.
Oq uy rahbari uşbu variantni AQŞning Yevropadagi ittifoqçilari Hormuz böğozini oçiş uçun harbiy kemalar yuborişdan boş tortganidan keyin örganmoqda.
“Evropaliklardan hafsalamiz pir bölgani ayni haqiqat. 5 foiz ajratmayotgan har qanday davlat NATOning kelajakdagi xarajatlari böyiça qaror qabul qilişda ovoz beriş huquqiga ega bölmasligi kerak”, deydi AQŞ mamuriyatidagi manba naşrga.Şuningdek, AQŞ Prezidentiga yaqin manbalar Trampning Germaniyadan Amerika qöşinlarini olib çiqib ketiş imkoniyatini körib çiqayotganini aytmoqda. Naşrning yozişiça, Tramp 2025 yilda prezidentlik lavozimiga qaytganidan beri uşbu qadamni öylab yuribdi.