USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Turkiya kurdlarni ogohlantirdi

286 марта

Turkiya kurdlarni ogohlantirdi

Turkiya AQŞ, Iroq va kurd tuzilmalarini ogohlantirib, agar kurd taşkilotlari Eronga qarşi operatsiyalarda iştirok etsa, harbiy çoralar körişini malum qildi. Bu haqda “Türkiye” gazetasi xabar berdi.

Naşr malumotiga köra, Eronga qarşi hujumlar boşlanganidan söng  Isroil Anqarada terrorçi deb tan olingan Kurdiston işçilar partiyasi va uning Eron bölinmasi bilan muzokaralar olib borişga uringan. Ular jangovar harakatlarda yer usti proksi kuçlari sifatida jalb etilişi rejalaştirilgan. Uşbu taşkilotlar qömondonlari bilan aloqalar “Mossad” razvedkasi orqali amalga oşirilgan. Bu malumotlarni olgaç, Turkiya jarayonga faol aralaşa boşlagan.

Gazetaning yozişiça, mazkur masala mart oyi boşida Erdöğan va Tramp örtasidagi telefon suhbatida ham muhokama qilingan. Erdöğan kurd tuzilmalarini Eronga qarşi uruşda qöllaşga qatiy qarşi çiqqan. Kurd taşkilotlariga esa, agar ular uruşda iştirok etsa, Turkiya tomoni “oldin Suriyada bölgani kabi har qanday holatda ham ularga zarba berişi” haqida ogohlantiriş yetkazilgan.

Mazkur masalani tartibga solişda Turkiya Taşqi işlar vazirligi hamda Milliy razvedka taşkiloti iştirok etmoqda. Ularning rahbariyati Iroq Kurdistoni mamuriyati va Iroq markaziy hukumati bilan faol aloqalar olib bormoqda. Şuningdek, turk rasmiylari Şimoliy Iroqqa taşrif buyurib, Anqaraning qatiy pozitsiyasini tuşuntirgan hamda zarurat tuğilganda harbiy javob berişga tayyor ekanini bildirgan.

Bundan taşqari, uşbu jarayonga qamoqda bölgan yetakçi Abdulla Öjalon ham jalb etilgan. U Şimoliy Iroqdagi taşkilot rahbariyatiga murojaat qilib, Eron işlariga aralaşmaslik kerakligini takidlagan hamda “Isroil tuzoğiga tuşib qolmaslik” haqida ogohlantirgan.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: