Zelenskiy frontdagi vaziyat sönggi 10 oydagi eng yaxşi holatda ekanini aytdi
3-04-2026, 18:41
62 марта

Zelenskiy frontdagi vaziyat sönggi 10 oydagi eng yaxşi holatda ekanini aytdi
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan bölayotgan mojarodagi joriy vaziyat haqida gapirdi va Pasxa sulhi borasida yana bir bor fikr bildirdi. Bu haqda u Britaniyaning MI-6 razvedkasi hisobotiga tayangan holda jurnalistlar bilan muloqot çoğida malum qildi.Malumotlarga köra, hozirda Ukraina uçun vaziyat sönggi 10 oydagiga qaraganda yaxşiroq rivojlanmoqda.
“Britaniya razvedkasining xulosasi şunday – vaziyat murakkab, ammo sönggi 10 oy içidagi eng yaxşi holatda. Bu adolatli xulosa. Buni taminlayotgan barça bölinmalarimizga minnatdorlik bildiraman”, deydi Zelenskiy.Şuningdek, Ukraina rahbari Rossiyaning Pasxa sulhini tuziş taklifiga bölgan munosabatiga izoh bergan. Prezidentning sözlariga köra, Moskva bunga tayyor emas.
“Biz Amerika tomoniga öz sörovimizni yetkazdik. Ularda Rossiyaga yana öz xabarini yetkaziş imkoniyati böladimi-yöqmi, bilmayman. Köramiz. Pasxa bayramida öt oçişni töxtatiş haqidagi taklifimiz öz kuçida qoladi”, deya qöşimça qilgan Zelenskiy.