Tramp mamuriyati harbiy byudjetni 1,5 trln dollargaça oşirişni söradi
3-04-2026, 20:43
49 марта

Tramp mamuriyati harbiy byudjetni 1,5 trln dollargaça oşirişni söradi
Bugun, 3 aprel kuni Oq uy Kongressdan 2027-moliya yili uçun mudofaaga taxminan 1,5 trillion dollar ajratişni söraşini malum qildi. Bu haqda “The New York Times” naşri xabar berdi.Agar uşbu qaror qabul qilinsa, bu mablağ zamonaviy tarixdagi eng yuqori harbiy xarajatlar darajasiga aylanadi. Tramp mamuriyati harbiy byudjetning rekord darajada oşirilişini Qöşma Ştatlarning qator mojarolarga, birinçi navbatda Eron bilan bölgan töqnaşuvga jalb qilingani bilan izohlagan.
Naşrning qayd etişiça, bu summa AQŞning joriy moliya yilida Pentagon uçun sarflagan mablağidan 40 foizga köpdir. Mamuriyat uşbu ösişni bir vaqtning özida içki idoralardagi xarajatlarni 73 milliard dollarga qisqartiriş, jumladan, iqlim, uy-joy va talim sohasidagi bazi dasturlarni tugatiş orqali amalga oşirişni taklif qilgan.
Takidlanişiça, hozirça Oq uy byudjet sörovining qisqaça mazmunini elon qilgan, batafsil malumotlar esa keyinroq kutilmoqda.
Naşrning yozişiça, agar qonun çiqaruvçilar Prezidentning uşbu rejasini qonun sifatida qabul qilsa, bu takliflar majmui kelgusi ön yillikda şundoq ham sezilarli bölgan federal qarzga yana trillionlab dollar qöşişi mumkin.