Oydan keyingi “bekat” Marsmi? NASA’ning Artemis missiyasi nega muhim?
4-04-2026, 20:43
42 марта

Oydan keyingi “bekat” Marsmi? NASA’ning Artemis missiyasi nega muhim?
Joriy yilning 2 aprel kuni NASA tört nafar astronavtni Oyga olib boradigan Artemis II missiyasini uçirdi. Yerning eng yaqin qöşnisi – Oy atrofida amalga oşiriladigan bu sayohat bilan kelajakda Oyga qöniş va natijada u yerda baza barpo etiş maqsad qilinmoqda.NASA’ning Artemis dasturi yillar davomida olib borilgan işlar uçun bugungaça taxminan 93 milliard AQŞ dollari sarflangan. 54 yil oldin Amerika Apollo missiyasi bilan Oy yuziga birinçi insonlarni olib çiqib, tarixga kirgan edi. Köpçilikda jami olti bor parvoz amalga oşirilgaç, Oy kosmosda bajariladigan vazifalar röyxatidan butunlay çiqarilgan deb hisoblanayotgan edi. Xöş, AQŞ nima uçun Oyga qaytişga şu qadar köp vaqt, kuç va pul sarflamoqda?
Qimmatli resurslar
Oy yuzasi quruq, çangli va juda çökma körinişi mumkin, lekin vaziyat aslo köringanidek emas. Tabiat tarixi muzeyining sayyoralar böyiça olimi, professor Sara Russel Oydagi elementlar Yerda mavjud bölgan elementlar bilan bir xil ekanini aytgan.
“Masalan, Yerda juda kam uçraydigan noyob yer elementlari bor va Oyda ularning ziç joylaşgan bazi hududlari bor”, deydi professor.Şuningdek, temir va titan kabi metallar, superötkazuvçilar, tibbiyotda işlatiladigan moddalardan tortib, har xil sohalarda qöllaniladigan geliy ham mavjud. Lekin bu resurslardan ham köproq jozibali resurs hayratlanarli darajada suvdir.
“Bazi minerallarda suv mustahkam saqlanib qolgan va Oyning qutb hududlarida ham yetarli miqdorda suv mavjud”, deydi u.Qolaversa, professor Russel Oyda doimiy soyada qoladigan kraterlar mavjudligini va u yerda muz töplanişi mumkinligini ham takidlagan. Oyda yaşamoqçi bölgan inson uçun suv ehtiyoji hayotiy ahamiyatga ega. Suv nafaqat içimlik muammosini hal qiladi, balki astronavtlarning nafas oliş uçun gidrogen va kislorodga ajratilişi mumkin. Hatto, kosmik kemalar uçun yoqilği ham işlab çiqarilişi mumkin.