Neft inqirozi: Senegalda vazirlarga çet elga çiqiş taqiqlandi
4-04-2026, 20:44
39 марта

Neft inqirozi: Senegalda vazirlarga çet elga çiqiş taqiqlandi
Senegal hukumati vazirlariga Erondagi mojaro tufayli neft narxi kötarilişi oqibatida barça muhim bölmagan xorijiy safarlar taqiqlandi. Bu haqda keça, 3 aprel kuni yoşlar mitingida sözga çiqqan mamlakat Boş vaziri Usmon Sonko elon qildi.Usmon Sonkoning aytişiça, hozirda bir barrel neft narxi byudjetda közda tutilgan miqdordan qariyb ikki baravar yuqoriga yaqinlaşmoqda. Uşbu çeklovlar doirasida Sonko özining Niger, Ispaniya va Frantsiyaga bölgan safarlarini qoldirgan. Uning aytişiça, kelasi haftada Konçilik vaziri davlat xarajatlarini jilovlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlarni elon qiladi.
Senegalning bu qadami qitadagi davlatlarning neft narxi oşişiga körsatgan navbatdagi reaktsiyasi böldi. Bungaça boşqa davlatlar yoqilği soliqlarini kamaytiriş va elektr energiyasini meyorlaş (ratsion) çoralarini körayotgan edi.
Boş vazir yoşlar oldidagi nutqida ularni “qörqitiş” niyati yöqligini, balki ularga “murakkab dunyo” haqida tasavvur berişni istaşini aytgan. Şuningdek, u vaziyat oğir bölsa-da, senegalliklar bardoşli ekanini qöşimça qilgan.
Yangi rivojlanayotgan neft va gaz sanoatiga qaramay, Senegal asosan yoqilği importiga tayanadi. Ötgan yili Xalqaro valyuta jamğarmasi mamlakat iqtisodiyotini qariyb 8 foizlik ösiş surati va past inflyatsiya bilan “barqaror” deb tariflagan. Biroq mamlakatning davlat qarzi yalpi içki mahsulotning 130 foizidan ortiq bölib, juda yuqoridir. Ikki yil avval Boş vazir etib tayinlangan Sonko bu qarzlar uçun avvalgi hukumatni ayblagan.
Afrikaning boşqa hududlarida ham vaziyat jiddiy: Janubiy Afrika hukumati yoqilği narxini jilovlaş uçun benzin soliğini kamaytirdi. Efiopiyada yoqilği taqçilligi sababli ayrim davlat muassasalari xodimlarini tatilga çiqarişga majbur böldi. Janubiy Sudan poytaxti Jubada elektr energiyasi meyor bilan berila boşladi, Zimbabve esa benzin tarkibidagi etanol miqdorini oşirmoqda.
AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi oqibatida Fors körfazidagi Hormuz böğozining amalda yopilişi dunyoga öğit yetkazib berişni ham çeklab qöydi. Qişloq xöjaligi uçun zarur bölgan uşbu mahsulotning taxminan 30 foizi aynan şu böğoz orqali ötadi.
Xalqaro qutqaruv qömitasi (IRC) insonparvarlik taşkiloti bu holatni “oziq-ovqat xavfsizligi bombasi” deb atab, ayniqsa Yaqin Şarqdan öğit importiga boğlanib qolgan Şarqiy Afrika uçun jiddiy xavf tuğdirişidan ogohlantirdi.