“Hammasi bir kunda portlaydi”. Tramp Eronga jiddiy tahdid yölladi
6-04-2026, 12:33
196 марта

“Hammasi bir kunda portlaydi”. Tramp Eronga jiddiy tahdid yölladi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Hormuz böğozi oçilmasa, Erondagi elektr stantsiyalari va köpriklarni vayron qiliş bilan tahdid qildi. Bu haqda u “Truth Social” ijtimoiy tarmoğida post joyladi.Tramp Eron rasmiylarini kurakda turmaydigan sözlar bilan haqoratlab, darhol böğozni oçişga çaqirgan.
“7 aprel – Eronda elektr stantsiyalari va köpriklar kuni böladi. Barçasi bir vaqtning özida portlaydi. Bunday narsa hali heç qaçon bölmagan!!! Böğozni oçing, lanati telbalar, aks holda jahannamga ravona bölasiz, faqat kuting!”, deya ödağaylagan Oq uy rahbari.Şu bilan birga, “Fox News” naşriga bergan intervyusida Tramp Eron bilan kelişuvga erişiş uçun “yaxşi imkoniyatlar” borligini aytgan.
“Menimça, yaxşi imkoniyat bor, hozir muzokaralar olib borilmoqda. Agar ular kelişuvga erişmasa, men hammasini portlatib yuboriş va neftni egallab oliş variantini körib çiqyapman”, degan Tramp.Prezidentning tahdidlariga javoban Eron parlamenti spikeri Muhammad Bağir Ğolibof AQŞ Prezidentining “öylamasdan qilinayotgan harakatlari” butun mintaqani olov içiga taşlaşini aytgan.
“Sen öylamasdan qilayotgan harakatlar AQŞning har bir oilasini haqiqiy jahannamga tortmoqda va butun mintaqa olov içida qolmoqda, çunki sen Binyamin Netanyaxu körsatmalariga amal qilişda davom etyapsan”, deya ijtimoiy tarmoqlarida yozib qoldirgan Eron vakili.