AQŞ uruş uçun yuz millionlab dollar sarflamoqda – FT
7-04-2026, 16:15
32 марта

AQŞ uruş uçun yuz millionlab dollar sarflamoqda – FT
AQŞ Eronga qarşi harbiy operatsiya uçun kuniga yuz millionlab dollar sarflamoqda. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi.Naşrga köra, Amerika tadbirkorlik instituti (AEI) katta ilmiy xodimi va Pentagon byudjet boşqarmasining sobiq yuqori lavozimli xodimi Eleyn Makkasker AQŞ Eronga qarşi operatsiya uçun qança mablağ sarflayotganini hisoblab çiqqan.
Malumotlarga köra, AQŞning beş haftalik harbiy kampaniyasi qiymati – Tramp fevral oxirida Eronga hujum qiliş haqida buyruq bergan paytdan boşlab 22,3 dan 31 milliard dollargaçani taşkil etgan. Şu bilan birga, uşbu summaning qariyb öndan bir qismi – 2,1 dan 3,6 milliard dollargaçasi jangovar şikastlanişlar va harbiy texnikalarni almaştiriş hissasiga töğri keladi.
Makkaskerning sözlariga köra, şikastlangan texnikani bazan bir neça kun içida tamirlaş mumkin, biroq butunlay vayron bölgan bazi tizimlarni almaştiriş yillab vaqt talab qiladi. Bundan taşqari, uruş tamirlaş uçun öta muhim bölgan materiallarni yetkazib berişdagi muammolarni yanada çuqurlaştirişi ehtimoldan xoli emas.
Şu bilan birga, AQŞning boşqa bir sobiq yuqori lavozimli harbiy mulozimi zararning katta qismini AQŞ “öziga-özi yetkazganini” tan olgan. Bunga resurslardan foydalanişdagi xatolar, yomon himoya yoki tizimlarni qöllaşdagi nosozliklar sabab bölgan. Bundan taşqari, Pentagon allaqaçon Kongressdan Erondagi operatsiya uçun qöşimça 200 milliard dollar söragan.