USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞ Xarg oroliga zarba berdi

318 марта

AQŞ Xarg oroliga zarba berdi

Bugun, 7 aprel kuni Eronning asosiy eksport markazi hisoblangan Xarg orolida bir neçta portlaşlar sodir böldi. Bu haqda “Mehr” xabar berdi.
“Duşman Xarg oroliga bir neçta hujumlarni uyuştirdi va orolda bir neçta portlaş ovozlari eşitildi”, deyiladi xabarda.
Xarg oroli Fors körfazining şimoliy qismida, Buşer provintsiyasi sohillaridan taxminan 25–30 km uzoqlikda, Hormuz böğozidan şimoli-ğarbda joylaşgan. Uning maydoni taxminan 20 kvadrat kilometr, uzunligi 8 kilometr, aholisi esa taxminan 8 ming kişini taşkil etadi. Orol Eronning asosiy eksport xabidir: Eron neft eksportining 90 foizi şu yerdagi terminal orqali ötadi. Neft eng yirik konlardan quvurlar orqali keladi, orol infratuzilmasi esa supertankerlarni yuklaş (suv sayozligi sababli ular materik qirğoqlariga yaqinlaşa olmaydi) va 30 million barrelgaça xom aşyoni saqlaş imkonini beradi. Uşbu majmua 1960-yillarda Milliy Eron neft kompaniyasi tomonidan Amerikaning “Amoco” kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan.


Joriy yilning mart oyida AQŞ Prezidenti Donald Tramp Xarg orolidagi harbiy obektlar yöq qilinganini elon qilib, uşbu hujumni “Yaqin Şarq tarixidagi eng kuçli bombardimonlardan biri” deb atagan edi. Uning sözlariga köra, “odob yuzasidan” u oroldagi neft infratuzilmasini yöq qilmaslikka qaror qilgan. Biroq Oq uy rahbari “agar Eron yoki boşqa birov Hormuz böğozi orqali kemalarning erkin va xavfsiz ötişiga tösqinlik qiladigan biror harakat qilsa”, bu qarorni darhol qayta körib çiqişi haqida ogohlantirgan edi.

Islom inqilobi qöriqçilari korpusi (IIQK) bunga javoban, Eron energetikasiga hujum qilingan taqdirda, “mintaqadagi AQŞ va uning ittifoqçilari manfaatdor bölgan barça neft va gaz obektlari olov içida qoladi va yöq qilinadi”, deb tahdid qilgan.

“The Wall Street Journal” naşri Vaşington Hormuz böğozini oçiş uçun Eronning janubiy qirğoqlaridagi bir yoki bir neçta orollarni, jumladan, Xargni egallaş uçun dengiz piyodalarini jalb qilişi mumkinligi haqida yozgan edi. 


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: