Rasman: Isroil Eronga zarbalarni töxtatdi
8-04-2026, 15:04
47 марта

Rasman: Isroil Eronga zarbalarni töxtatdi
Bugun, 8 aprel kuni Isroil Mudofaa armiyasi (TsAXAL) Eronga zarba beriş töxtatilganini, biroq Livandagi “Hizbulloh” azolariga hujumlar davom ettirilişini malum qildi. Bu haqda TsAXAL matbuot xizmatining Telegram-kanalida xabar berildi.TsAXAL vakillari rasmiy bayonot çiqarib, unda Isroil Livandagi “Hizbulloh”ga qarşi operatsiyalarni davom ettirişini körsatib ötgan.
“Siyosiy rahbariyat körsatmalariga muvofiq, TsAXAL Eronga qarşi öt oçişni töxtatdi va har qanday qoidabuzarliklarga javob qaytariş uçun yuqori şaylik holatida turibdi.Şu bilan birga, Livanda TsAXAL “Hizbulloh” taşkilotiga qarşi maqsadli quruqlikdagi operatsiyalarni ötkazişda davom etmoqda. Frontorti qömondonligi vaziyatni doimiy baholab bormoqda. Mudofaa harakatlaridagi har qanday özgarişlar haqida jamoatçilik xabardor qilinadi”, deyiladi xabarda.
Mamlakat aholisidan Frontorti qömondonligi körsatmalariga muvofiq harakat qilişda davom etiş söralgan.