Rossiyalik xakerlar dunyo davlatlarining harbiy sirlarini öğirlaşga urindi
9-04-2026, 17:27
46 марта

Rossiyalik xakerlar dunyo davlatlarining harbiy sirlarini öğirlaşga urindi
Rossiya harbiy razvedkasi manfaatlarida işlaydigan xakerlar guruhi köplab mamlakatlarning harbiy va hukumat tuzilmalarini Wi-Fi routerlar orqali kuzatiş böyiça yirik kuzatuv kampaniyasi ortida turgani malum böldi. Bu haqda keça, 8 aprel kuni AQŞ, Kanada, Ukraina, Germaniya, Italiya, Polşa va boşqa davlatlar maxsus xizmatlarining qöşma bayonotiga asoslanib, “The Mockow Times” xabar berdi.“Kamida 2024 yildan beri APT28, Fancy Bear va Forest Blizzard nomlari bilan ham tanilgan 85-maxsus xizmat boş markazi (Boş ştab Boş boşqarmasi bölinmasi) kiberjinoyatçilari butun dunyo böylab hisob malumotlarini yiğiş va routerlardagi zaifliklardan, jumladan, TP-Link routerlarini buziş orqali foydalaniş bilan şuğullanib kelmoqda”, deyiladi bayonotda.Qayd etilişiça, rossiyalik kiberjinoyatçilar sozlamalarni özgartirgan, oqibatda noutbuklar va mobil telefonlar kabi routerlarga ulangan qurilmalar ham bu sozlamalarni qabul qilgan. Şu yöl bilan xakerlar parollar, autentifikatsiya tokenlari va maxfiy malumotlarni, jumladan, elektron xatlar hamda veb-saytlarga taşriflar haqidagi axborotni töplagan.
Xakerlar dunyoning köplab mamlakatlaridagi tizimlarni, jumladan, AQŞ va Ukraina tizimlarini ham buzib kirib, keyinçalik öz tarmoqlariga tuşgan foydalanuvçilar haqidagi malumotlarni saralab çiqqan. Ular ayniqsa, harbiylar, davlat tuzilmalari va muhim infratuzilma obektlariga oid malumotlarga alohida etibor qaratgan.
Ğarb maxsus xizmatlarining fikriça, xakerlar guruhi öğirlangan malumotlardan kiberhujumlar uyuştiriş, axborot sabotaji va razvedka maqsadlarida foydalangan.
“Rossiya maxsus xizmatlari davlat organlari xodimlari, Ukraina Qurolli kuçlari bölinmalari va mudofaa-sanoat majmuasi korxonalari xodimlari örtasida almaşilgan malumotlarga alohida etibor qaratgan”, deya malum qilgan Ukraina Xavfsizlik xizmati.Malumot uçun, APT28, Fancy Bear va Forest Blizzard nomlari bilan tanilgan xakerlar guruhi ilgari ham bir neça bor yirik kiberhujumlar bilan tilga olingan. 2025 yil yoz oylarida Buyuk Britaniya AQŞdagi 2016 yilgi prezidentlik saylovlariga aralaşuvda va 2018 yilda Buyuk Britaniyada zaharlangan Sergey va Yuliya Skripallarni kuzatişda iştirok etgan 85-maxsus xizmat boş markazi hamda undagi ikki nafar ofitserga nisbatan sanktsiyalar joriy etgandi.
Mazkur guruh Frantsiya va Germaniyadagi saylov va siyosiy jarayonlarga aralaşuv böyiça tergovlarda ham tilga olingan. 2022 yilda esa ular Mariupol qamalida onlayn razvedka olib borib, yuzlab ayollar va bolalar yaşiringan teatrga zarbalar berilişiga kömaklaşgan. Buyuk Britaniya Putinga aloqador 18 nafar josus nomini ham oşkor qilgan.
“Wi-Fi routerlar orqali amalga oşirilgan josuslik holatlari keng qöllaniladigan tarmoq qurilmalaridagi zaifliklardan tajribali kiberjinoyatçilar qanday foydalanişi mumkinligini körsatadi”, deydi Buyuk Britaniya Milliy kiberxavfsizlik markazi operatsion direktori Pol Çiçester.U kompaniyalar va oddiy foydalanuvçilarni öz kiberxavfsizligini kuçaytirişga çaqirgan. Britaniya Milliy kiberxavfsizlik markazi xavflarni kamaytiriş böyiça bir qator çoralarni elon qilgan.