Al-Aqso masjidi 40 kunlik çeklovdan söng qayta oçildi (fotoreportaj)
9-04-2026, 17:29
52 марта

Al-Aqso masjidi 40 kunlik çeklovdan söng qayta oçildi (fotoreportaj)
Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidi Isroil tomonidan 40 kun davomida yopilgaç, bugun, 9 aprel kuni tongda yana qayta oçildi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.Qayd etilişiça, masjid oçilgaç, uning içki va taşqi qismi köngillilar hamda xodimlar tomonidan tozalanib, tartibga keltirilgan. Şundan söng yuzlab falastinliklar tonggi namozni jamoaviy şaklda ado etgan.
Malumot örnida, Isroil joriy yilning 28 fevral kuni masjidga kirişni butunlay taqiqlagandi. Faqat masjid xodimlari va Quddus islom vaqfi rasmiylariga ibodat qilişga ruxsat berilgan, boşqa falastinliklar esa şahar böylab boşqa masjidlardan foydalangan. Mazkur çeklov masjid tarixida 1967 yildan beri birinçi marta yuz bergan.

