Xuşxabar: Qöşköpirda “Hazrati Eşon bobo” jome masjidi qayta quriladi
3-01-2026, 16:28
272 марта
Xuşxabar: Qöşköpirda “Hazrati Eşon bobo” jome masjidi qayta quriladi2026 yilning ilk kunlarida Qöşköpir tumani ahli uçun quvonçli va xayrli voqea röy berdi. Tumandagi “Hazrati Eşon bobo” jome masjidini qayta quriş işlariga rasman start berildi va bunyodkorlikning ramzi sifatida masjid poydevori uçun tamal toşi qöyildi.
Alhamdulillah, yurtimizda yana bir masjid zamonaviy talablarga mos holda, milliy memorçilik ananalari asosida qayta qad rostlaydi. Tamal toşini qöyiş marosimida Özbekiston musulmonlari idorasining Xorazm viloyatidagi vakili Xayrulla domla Abdullayev iştirok etib, ezgu niyat va xayrli duolar qildi. U öz sözida masjidlar xalqni manaviy jihatdan birlaştiradigan, ezgulik va tarbiya maskani ekanini takidladi.
Yangi loyihaga köra, “Hazrati Eşon bobo” jome masjidi Xorazm memorçiligiga xos naqşu nigorlar va ananaviy uslubda, bir vaqtning özida zamonaviy qulayliklar uyğunligida barpo etiladi. Masjid 700 nafarga yaqin namozxonni siğdira olişi rejalaştirilgan.
Marosimda Qöşköpir tuman hokimi Şuxrat Ahmedov, tuman boş imom-xatibi Mansurjon domla Mansurov, imom-xatiblar, nuroniy otaxonlar, mahalla faollari hamda homiylar iştirok etdi. Yiğilganlar uşbu xayrli iş yurtimizda manaviy muhitni yanada mustahkamlaşi, yoşlar tarbiyasida muhim örin tutişiga işonç bildirdi.
Qayd etilişiça, masjid qurilişi jamoatçilik va homiylar kömagida amalga oşiriladi. Inşaalloh, yaqin kelajakda “Hazrati Eşon bobo” jome masjidi Qöşköpir tumani ahli uçun yana bir muborak ziyoratgoh va ibodat maskaniga aylanadi.











