Rossiyada Telegram deyarli töliq bloklandi
11-04-2026, 12:43
235 марта

Rossiyada Telegram deyarli töliq bloklandi
Rossiya hukumati Telegram’ni bloklaşni kuçaytirmoqda va uning darajasini deyarli 100 foizga yetkazdi. “Internetni himoya qiliş jamiyati” rahbari Mixail Klimarev OONI servisining şunga doir malumotlarini elon qildi.Agar mart oyi oxirida bloklaşdan aylanib ötiş vositalarisiz (VPN’siz) messenjerga murojaat qilişdagi uzilişlar darajasi taxminan 80 foizni taşkil etgan bölsa, hozirda bu körsatkiç 95 foizga yetgan.
“Menimça, Rossiya hududida Telegram töliq bloklandi”, deya xulosa qiladi Klimarev.Şuningdek, u ölçov malumotlari hozirça kamligini ham qöşimça qilgan. Biroq buni “Downdetector” malumotlari ham tasdiqlamoqda. Bugun, 10 aprel yarim tundan beri messenjerga kirişdagi uzilişlar darajasi 69 foizdan 100 foizga kötarilgan. Bu joriy yildagi bloklaşlar boşlanganidan beri eng yuqori körsatkiçdir. Oxirgi soat içida Telegram işidagi muammolar böyiça 800 ga yaqin şikoyat tuşgan. Eng köp şikoyatlar Moskva, Sankt-Peterburg va Samara viloyatidan bölgan. Foydalanuvçilar messenjer oçilmayotgani, xabar yuborib va qabul qilib bölmayotgani hamda mediafayllar yuklanmayotganini takidlamoqda.
Aprel oyiga kelib mamlakat hududida Telegram’dan foydalaniş imkoniyati 20 foizgaça tuşib ketgan. “Rostelekom” rahbari Mixail Oseyevskiy T2 tarmoğida messenjer trafigi 10 baravar kamayganini malum qildi. Prezident mamuriyatidagi manbalar bloklaş qarori kuç işlatar tuzilmalar tomonidan qabul qilinganini aytgan.
Şunga qaramay, köplab rossiyaliklar VPN yordamida Telegram’dan foydalanişda davom etmoqda. Messenjer asosçisi Pavel Durov ularning sonini kuniga 65 million kişi deb baholagan. U, şuningdek, “raqamli qarşilik” kampaniyasi boşlanganini elon qilgan va Telegram trafigini Çrome brauzeri niqobi ostida körsatuvçi hamda bloklaşlarni aylanib ötişga yordam beruvçi yangilanişni çiqargan.
“Levada-tsentr” sörovnomasiga köra, rossiyaliklarning deyarli yarmi (49 foizi yoki 71 million kişi) hukumat bloklaşiga qaramay, Telegram’dan foydalanişda davom etmoqda. Har beşinçi kişi (20%) messenjerdagi axborot kanallarini har kuni yoki kuniga bir neça marta kuzatib boradi.