“Tarixdagi eng katta firibgarlik”. Durov WhatsApp’ni tanqid qildi
11-04-2026, 12:51
162 марта

“Tarixdagi eng katta firibgarlik”. Durov WhatsApp’ni tanqid qildi
Telegram asosçisi Pavel Durov özining asosiy raqobatçisiga nisbatan keskin bayonot bilan çiqdi. Bu haqda u özining Telegram-kanalida malum qildi.Durov özining rasmiy Telegram kanalida WhatsApp’dagi şifrlaşni “tarixdagi eng yirik firibgarlik bölişi mumkin” deb atagan.
“WhatsApp’ning şifrlaşi milliardlab foydalanuvçilarni aldagan eng katta firibgarlik bölişi mumkin. Kompaniya bayonotlariga qaramay, u foydalanuvçilar xabarlarini öqiydi va ularni uçinçi tomonlarga uzatadi. Telegram bunday qilmagan va heç qaçon qilmaydi”, degan Durov.Dalil sifatida u sud materiallarini ilova qilgan. Unda Meta kompaniyasi WhatsApp va ularning pudratçisi Accenture kompaniyasi xodimlarida “foydalanuvçi xabarlariga keng erişiş imkoni” borligi aytilgan.
Şuningdek, postda “backdoor”, yani himoyani çetlab ötib, yozişmalarga kiriş imkonini berişi mumkin bölgan yaşirin mexanizm haqida ham söz yuritilgan. Rasmiy izohga köra, bunday kiriş imkoni faqat foydalanuvçilar şikoyat qilgan xabarlarni tekşiriş uçun kerak (masalan, “spam” yoki “firibgarlik” belgisi qöyilganda). Biroq davogarlar kompaniya istalgan yozişmani öqiş imkoniyatiga ega, deb hisoblaydi.
Mark Tsukerberg rahbarlik qiladigan korporatsiyaga qarşi jamoaviy davo Avstraliya, Braziliya, Hindiston, Meksika va JAR fuqarolari tomonidan berilgan. Iş Kaliforniya ştati Şimoliy okrug sudi sudida körib çiqilmoqda.
Davogarlar guruhi Meta va WhatsApp foydalanuvçilar maxfiy deb hisoblaydigan malumotlarni “saqlaydi, tahlil qiladi va ularga kirişi mumkin” deb iddao qilmoqda.
Asosiy etiroz “end-to-end encryption”, yani xabarlarni faqat yuboruvçi va qabul qiluvçi öqiy oladigan texnologiya haqida. Davogarlarga köra, 2016 yildan buyon foydalanuvçilarga aynan şunday deb aytilgan, ammo amalda bu töliq töğri emas.
Şu bilan birga, mutaxassislar hozirça şifrlaş buzilgani tasdiqlovçi oçiq texnik dalillar taqdim etilmaganini takidlamoqda.
Meta’ning javobi
Meta ayblovlarni rad etmoqda. Kompaniya vakili Endi Stoun bu davolarni “mutlaqo yolğon va absurd” deb atagan. Uning aytişiça, WhatsApp ön yildan beri Signal Protocol (yuqori darajada himoya qiliş uçun işlatiladigan maxsus kriptografik texnologiya) orqali himoyalangan yozişmadan foydalanib kelmoqda.