Ham Tramp, ham Putinning «kayfiyatini buzgan» hodisa
13-04-2026, 13:18
51 марта

Ham Tramp, ham Putinning «kayfiyatini buzgan» hodisa
Keça, 12 aprel kuni Vengriyada bölib ötgan parlament saylovida nafaqat mamlakat, balki butun Yevropa Ittifoqi taqdiriga tasir etadigan natija qayd etildi.45 yoşli Peter Madyar boş vazir 62 yoşli Viktor Orbanning 16 yillik boşqaruviga çek qöyişga muvaffaq böldi.
Madyar rahbarligidagi «Tisa» partiyasi qonunçilik idorasida mutlaq köpçilik örinni qölga kiritdi. Sanab çiqilgan qariyb 99 foiz ovoz natijalariga köra, parlamentdagi 199 örindan 138 tasi muxolifatga ötmoqda.
Orbanning «Fides» partiyasi esa 37,95 foiz ovoz töplab, 55 ta öringa qanoat qildi.
Yangi boş vazir bir oy içida saylanişi lozim.
Peter Madyar öz ğalabasini «Vengriyaning ozod bölişi» deb atagan va Budapeştning Yevropa Ittifoqi hamda NATO bilan munosabatlarini qayta tiklaşga vada bergan.
Tahlilçilar Orbanning katta siyosatdan ketişini öng qanotga mansub siyosiy harakat uçun kuçli zarba deya baholamoqda.
Telegramdagi «Fayzboğ» kanaliga köra, Vengriyadagi saylovda nafaqat Viktor Orban, balki AQŞ prezidenti Donald Tramp va Rossiya rahbari Vladimir Putin ham mağlub böldi.
«Saylovlar arafasida AQŞ prezidenti Donald Tramp Viktor Orbanni «özining eng yaqin dösti» deb atagan va saylovda unga omad tilagan edi. Şuningdek, ommaviy axborot vositalarida Rossiya Vengriyadagi saylovlar arafasida Viktor Orbanni qöllab-quvvatlaş kampaniyasi uçun katta mablağ ajratgani haqida xabarlar paydo bölgan. Malumot uçun, Vengriya boş vaziri Viktor Orban özining rossiyaparast pozitsiyasi bilan tanilgan. U Ukrainaning Yevroittifoqqa qöşilişiga, şuningdek, ittifoq tomonidan Kiyevga 90 mlrd yevrolik kredit ajratilişiga faol tarzda tösqinlik qilib kelayotgan edi», — deb yozdi «Fayzboğ».
Siyosatşunos Otabek Akromov takidiça, Orbanning mağlubiyati xalqaro populist lager uçun ham katta zarba böldi. Çunki u oddiy bir öngçi siyosatçi emas, balki «liberal tartibga qarşi» tayanç edi.
«Uning «noliberal demokratiya»si MAGA, Yevropa öngçilari va Bryusselga qarşi siyosat yurituvçi kuçlar uçun namunaga aylangan, Tramp kabi yetakçilar esa uni oçiq maqtagan edi. Endi esa öşa namuna yemirildi. Bu mağlubiyatning xalqaro ahamiyati şundaki, Orban populizmni faqat ğoya sifatida emas, boşqaruv texnologiyasi sifatida ham eksport qilgan edi: milliy suverenitet şiori, taşqi duşman obrazi, liberal institutlarni «xalq irodasiga tösiq» sifatida körsatiş, Rossiya bilan yaqinlikni «mustaqil taşqi siyosat» deb sotiş. Şuning uçun uning yiqilişi boşqa populist yetakçilarga yoqimsiz signal beradi», — deydi O.Akromov.
Ekspert Orban Rossiya uçun Yevropa Ittifoqi içidagi eng muhim şeriklardan biri ekani, uning ketişi Kremlning YeIdagi tayanç nuqtalaridan birini zaiflaştirişini ham urğulagan.
Telegramdagi «Davletov» kanali yozişiça, Tramp mamuriyati va Rossiyaning proksi kuçlari «Fides» partiyasi rahbarini qöllab-quvvatlaş kampaniyasida faol iştirok etganiga qaramay, saylov yakunida mojar xalqi Orbanning avtoritar xatti-harakatlaridan çarçagani malum böldi.
«Evropa Ittifoqi liderlari saylov natijalaridan mamnunligini yaşirib ötirmayapti, çunki Viktor Orban Ittifoqning yakdil siyosatiga qarşi doimo muammo yaratib kelayotgan edi. «Vengriya Yevropaga qaytdi» deyişmoqda ular», — debyozdi muallif.
Tahlilçi Muhammadqodir Sobirov esa parlament saylovi natijasini «16 yillik Orban diktaturasining qulaşi» deb atagan.
«Biroq Putin va Tramp uçun bu yoqimsiz. Ularning Yevropadagi hamtovoği hokimiyatdan ketdi. Vengriya uruş boşlangandan beri Ukrainaga yordamni bloklab, xalaqit berib kelayotgan edi. Saylov kampaniyasida ham Orban bor kuçi bilan Ukrainani yomonladi. Yaqinda Orban bandasi Moskvaga sanktsiyadagi insonlardan röyxatdan çiqarişga yordam bergani, Yevroittifoq xabarlarini Kremlga yetkazib turgani malum böldi. Trampning qöllovi ham doimgidek heç nimani hal qilmadi... Hozir Tramp va uning jamoasining qöllovi faqatgina zararga işlaydigan davr... Yevropa yuragi yana ittifoqqa qaytdi. Biroq hali yöl qiyin, çunki Orban 16 yil içida Vengriyani mutlaq Rossiya energoresurslariga qaram qilib qöygan. Buni 1-2 yil içida töğrilaş ança qiyin keçadi», — deb xulosa qildi M.Sobirov.