AQŞ çegarasini kesib ötişga uringan tört özbekistonlik qölga olindi.
10-05-2025, 13:42
343 марта
AQŞ Havo va dengiz operatsiyalari (AMO) çorşanba kuni Viekes oroliga kirişga uringan tört nafar özbekistonlikni qölga oldi.Xabarda aytilişiça, 7 may kuni Faxardo dengiz bölinmasi orolga kirişga uringan 7 nafar yölovçini olib ketayotgan qayiqni töxtatib tekşirgan. Yölovçilardan uç nafari AQŞ fuqarolari bölib, qolgan tört nafar – uç erkak va bir ayol Özbekiston fuqarolari ekanligi aniqlangan. Ularning AQŞga kiriş yoki böliş uçun ruxsat beruvçi hujjatlari bölmagan.
Dastlabki malumotlarga köra, uşbu kema AQŞ Virjin orollaridagi Sen-Jon orolidan yölga çiqqan.
Ramey sektori çegara xizmati xodimlari tört nafar Özbekiston fuqarosini immigratsiya hujjatlarini rasmiylaştiriş va olib çiqiş uçun qamoqqa olgan.
Malumot uçun, avvalroq AQŞ hukumati deport qilgan özbekistonliklarning Vatanga qaytarilgani haqida xabar berilgan edi.