USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

NATOning AQŞsiz kelajagi: Yevropada yangi reja muhokamada

61 марта

NATOning AQŞsiz kelajagi: Yevropada yangi reja muhokamada

The Wall Street Journal naşrining yozişiça, Yevropa mamlakatlari NATOning mavjud tuzilmalaridan foydalangan holda AQŞ iştirokisiz ham alyansning jangovar qobiliyatini saqlab qoliş böyiça norasmiy muzokaralar olib bormoqda. 

Gap, jumladan, yadroviy tiyib turiş tizimi va alyans harbiy tuzilmalarini boşqariş masalalari haqida ketmoqda. Naşr malum qilişiça, bunday ehtimoliy stsenariylarni tahlil qiliş ötgan yili boşlangan, ammo Berlin pozitsiyasi özgargaç, jarayon keskin tezlaşgan.

Germaniya uzoq yillar davomida Frantsiyaning Yevropaning mudofaa suverenitetini kuçaytiriş haqidagi çaqiriqlariga ehtiyotkorona yondaşib kelgan. Reuters’ning fevral oyidagi tahliliga köra, Yevropa davlatlari oxirgi oylarda AQŞga qaramlikni kamaytiriş yöllarini faolroq muhokama qila boşlagan, ammo Germaniyaning yangi yondaşuvi bu jarayonga alohida turtki bergan.

WSJ xabariga köra, kantsler Fridrix Merts 2025 yil oxirida öz qaraşlarini qayta körib çiqqan. Bu qarorga Donald Trampning NATOga munosabati, Ukraina böyiça pozitsiyasi va AQŞning uzoq muddatli işonçli ittifoqçi bölib qolişiga doir şubhalar sabab bölgan. Naşrga köra, Mertsni ayniqsa Trampning Rossiya–Ukraina uruşi böyiça bayonotlari va NATO doirasida aniq qadriyatlarga tayanmaydigan siyosiy yondaşuvi taşvişga solgan.

Şu bilan birga, Merts ommaviy bayonotlarida NATOning özi Yevropa xavfsizligi uçun hal qiluvçi ahamiyatga ega ekanini ham takidlab kelmoqda. Reuters 9 aprel kuni u “NATO bölinib ketişini istamaymiz” deganini keltirgan.
WSJ malumotiga köra, reja ustida işlayotgan amaldorlar bazan bu ğoyani şartli ravişda “Evropaça NATO” deb atamoqda. Bu yondaşuv yangi muqobil alyans tuzişni emas, balki NATOning amaldagi tuzilmalarini saqlab qolgan holda, operativ boşqaruvda yevropaliklar uluşini oşirişni nazarda tutadi. Hozirgaça NATO harbiy tuzilmalarida asosiy rahbarlik roli köp jihatdan amerikaliklar qölida bölgan.

Norasmiy uçraşuvlarda havo va raketaga qarşi mudofaa tizimlarini kim boşqarişi, Polşa va Boltiqböyi davlatlariga qöşimça kuçlarni yetkaziş koridorlari, taminot yönalişlari va yirik harbiy maşqlar kabi aniq masalalar muhokama qilinmoqda. Yana bir öta nozik masala — AQŞning yadroviy “qalqoni” örnini Yevropa mexanizmi bilan töldiriş ehtimoli. WSJ’ga köra, Merts bu mavzuni Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron bilan muhokama qilişni boşlagan.

WSJ xabariga köra, Germaniya pozitsiyasining özgarişi kengroq konsensus yuzaga kelişida muhim omil bölgan. Buyuk Britaniya, Frantsiya, Polşa, Şimoliy Yevropa davlatlari va Kanada NATOni “evropalaştiriş” ğoyasini alyans içidagi bir turdagi “köngillilar koalitsiyasi” sifatida köra boşlagan. Bu yondaşuvning maqsadi — AQŞ iştirokini qisqartirgan taqdirda ham NATOning işlaş qobiliyatini saqlab qoliş.

Bu qaraş Yevropada alohida armiya yaratiş ğoyasi bilan bir xil emas. Masalan, Reuters 15 aprel kuni Portugaliya alohida “Evropa armiyasi” ğoyasini rad etgani, ammo NATO doirasida modernizatsiya tarafdori ekanini xabar qildi. Bu Yevropa içida ham yondaşuvlar turliça ekanini körsatadi.

WSJ va Reuters materiallariga köra, bu muhokamalar Donald Trampning NATOga nisbatan tanqidlari va AQŞning alyansdagi roliga doir keskin bayonotlari fonida kuçaygan. Reuters mart oyida Yevropa davlatlari Trampning taşqi siyosiy yondaşuvi sabab AQŞga mudofaa sohasida kamroq boğlaniş yöllarini izlayotganini yozgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: