USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Eron AQŞning 240 mln dollarlik dronini yöq qildi

188 марта

Eron AQŞning 240 mln dollarlik dronini yöq qildi

Eron mudofaa tizimlari AQŞ dengiz kuçlariga tegişli qimmat razvedka dronini yöq qildi. Bu haqda “Military Watç Magazine” xabar berdi.

Xabarlarga köra, Fors körfazi hududida qiymati taxminan 240 million dollar bölgan MQ-4C Triton urib tuşirilgan. AQŞ Harbiy-dengiz kuçlari 14 aprel kuni bu apparat yöqolganini tasdiqlagan, biroq tafsilotlarni oçiqlamagan.

Malum qilinişiça, 9 aprel kuni dron parvoz kuzatuv tizimlarida favqulodda 7700 signalini bergan va qisqa vaqt içida taxminan 15 km balandlikdan 3 km dan pastga keskin tuşib ketgan, şundan söng radarlaridan yöqolgan. Eron OAVlari esa bu holatni öz havo mudofaasi tomonidan muvaffaqiyatli urib tuşirilgan deb talqin qilgan.
MQ-4C Triton AQŞ arsenalidagi eng qimmat va texnologik murakkab uçuvçisiz apparatlardan biri hisoblanadi. Uning narxi 235–250 million dollar atrofida bölib, xizmatda atigi 20 taga yaqin şunday dron mavjud. Qiymati jihatidan u hatto ayrim jangovar samolyotlardan, jumladan F-15E qiruvçi samolyotlari va MQ-9 zarba dronlaridan ham qimmat turadi.

Bu hodisa 2019 yilda sodir bölgan voqeani eslatadi. Öşanda Islom inqilobi qöriqçilari korpusi RQ-4A Global Hawk dronini Hormuz böğozi yaqinida urib tuşirganini malum qilgan edi.

MQ-4C Triton aslida Global Hawk platformasi asosida yaratilgan bölib, uzoq masofali dengiz razvedkasi uçun möljallangan. U 13 ming kilometrdan ortiq masofani bosib öta oladi va uzoq vaqt davomida havoda qoliş imkoniyatiga ega. Qurilmada zamonaviy radar tizimlari, optik va infraqizil kuzatuv vositalari hamda radio razvedka uskunalari mavjud bölib, u orqali olingan malumotlar real vaqt rejimida suniy yöldoş orqali uzatiladi.

Mutaxassislarning fikriça, bunday dronlar juda ilğor bölsada, kuçli havo mudofaa tizimlari mavjud hududlarda ularning himoyasi (yaşovçanligi) savol ostida qolmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: