Yevropa aviakerosin tanqisligiga tayyorgarlik körişni boşladi
18-04-2026, 19:28
37 марта

Yevropa aviakerosin tanqisligiga tayyorgarlik körişni boşladi
Yevropa Ittifoqi, garçi hozirda tanqislik kuzatilmayotgan bölsa-da, aviatsiya yonilğisining ehtimoliy defitsitiga tayyorgarlik körişni boşladi. Bu haqda Bryusselda bölib ötgan brifingda Yevropa komissiyasi rasmiy vakili Anna-Kaysa Itkonen malum qildi.
U YeIning xavotiri Hormuz böğozi atrofidagi vaziyat bilan boğliqligini takidlagan.
“Agar Hormuz böğozidagi hozirgi vaziyat davom etsa, komissiya muvofiqlaştirilgan çoralarni körişga tayyor böladi”, deydi u.
Itkonenning aniqlik kiritişiça, Yevropa neftni qayta işlaş zavodlari mintaqaning aviayonilğiga bölgan ehtiyojining qariyb 70 foizini taminlaydi, qolgan qismi esa import hisobiga qoplanadi. Şu bilan birga, YeK vakili töliq defitsit kutişga asos yöqligini qayd etgan: jahon bozoriga yangi hajmdagi yonilği kirib kelişda davom etmoqda. Şuningdek, u Yevroittifoqda qonunçilikka muvofiq şakllantirilgan strategik zaxiralar mavjudligini qöşimça qilgan – YeIga azo davlatlar kamida 90 kunga yetadigan neft va neft mahsulotlari, jumladan, kerosin zaxirasiga ega bölişlari şart.
Şunga qaramay, soha taşkilotlari yaqin oylarda uzilişlar bölişi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) boş direktori Uilli Uolş may oyi oxiriga borib Yevropada yonilği yetişmovçiligi sababli reyslar bekor qilinişi boşlanişi mumkinligini, Osiyoning ayrim hududlarida esa bunday muammolar allaqaçon kuzatilayotganini aytgan.
Xalqaro energetika agentligi rahbari Fatix Birol “Associated Press”ga bergan intervyusida Yevropadagi mavjud aviakerosin zaxiralarini taxminan olti haftaga yetadi deb baholagan. Uning fikriça, Hormuz böğozi blokadasi tufayli yuzaga kelgan inqiroz öz kölamiga köra avvalgi energetik silkinişlardan ustun turadi.
Uşbu xavflar fonida aviatsiya sohasi vakillari hukumatlarni favqulodda çoralar körişga çaqirmoqda. “Bloomberg” yozişiça, Germaniyaning BDL assotsiatsiyasi hukumatga kerosinning strategik zaxiralarini işga solişni, şuningdek, Frankfurt va Myunxen kabi yirik xablarga yetkazib berişni köpaytiriş uçun NATO quvurlar tizimidan foydalanişni taklif qilgan. Bundan taşqari, taşkilot karbonat angidrid soliqlarini vaqtinça kamaytiriş, ekologik yonilğiga qöyiladigan talablarni yumşatiş va yölovçilarga tölanadigan kompensatsiyalar böyiça yengilliklar beriş tarafdori bölgan.
Avvallari Yevropadagi aviakerosin importining katta qismi Yaqin Şarqdan borgan, hozirda YeI davlatlari AQŞdan yetkazib berişga qayta yönaltirilmoqda. Biroq BDL qayd etişiça, yangi yetkazib berişlar yöqotilgan hajmning faqat yarminigina qoplay oladi.