Londonda Şekspirning uyi topildi
19-04-2026, 21:16
227 марта

Londonda Şekspirning uyi topildi
London şahrida maşhur yozuvçi Uilyam Şekspirga tegişli bölgan uy qayerda joylaşgani aniqlandi, lekin öşa uy bugungi kunga kelib saqlanib qolmagan. Bu haqda London Qirollik kolleji matbuot xizmati xabar berdi.Tadqiqotçilar malumotiga köra, Şekspir 1613 yilda, ölimidan uç yil oldin Londonda yagona mulkini sotib olgan. Bu uy hozirgi London markazi atrofida, tinç köçada joylaşgan bölgan.
Kembrij tadqiqotçisi Lyusi Manro eski arxiv hujjatlarini örganiş orqali uyning aniq joylaşuvini aniqlagan. U 1668 yilda tuzilgan eski reja va boşqa tarixiy hujjatlarni topib, uy joylaşgan hududni topgan. Bu hujjatlar Şekspir vafotidan keyin ham saqlanib qolgan malumotlarga asoslangan.
Avval olimlar Şekspir 1613 yilda teatr yonğinidan keyin Londondan ketib, Stratfordga qaytgan deb öylaşgan. Lekin yangi topilmalar u Londonda qolib, teatr hayotida faol bölganini körsatmoqda.
Uy London hududida, eski dominikan monastiri yaqinida joylaşgan bölgan. Hozirgi kunda u yerda XIX asrda qurilgan binolar turibdi. Taxminiy manzil sifatida Sent-Endryus-Xill atrofidagi hudud körsatilmoqda.
Tadqiqotçilar hatto hozirgi köçadagi kök yodgorlik plita aynan Şekspir uyi turgan joyga örnatilganini ham aniqlagan.
Olimlarning fikriça, bu kaşfiyot Şekspir hayotining sönggi yillari haqida yangi tasavvur beradi va u Londonda öz ijodini davom ettirgan bölişi mumkinligini körsatadi.