Yaponiyada ijtimoiy tarmoqlar uçun yoş çeklovlari joriy etilişi mumkin
23-04-2026, 10:13
36 марта

Yaponiyada ijtimoiy tarmoqlar uçun yoş çeklovlari joriy etilişi mumkin
Yaponiya rasmiylari ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişga yoş böyiça çeklovlar joriy etiş imkoniyatini “qaramlikka qarşi kuraş çorasi” sifatida muhokama qilmoqda. Bu haqda “Nikkei” naşri xabar berdi.Hozirda tegişli vazirliklar bilan, jumladan qonunçilikka özgartirişlar kiritiş masalasi yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda. Uşbu jarayon yoz oylariga qadar yakunlanişi kutilmoqda. Qonuniy tartibga solişning muayyan şakli 2027 yilgaça qabul qilinişi mumkin.
Xususan, ijtimoiy tarmoqlarga egalik qiluvçi kompaniyalardan sukut böyiça yoşga mos kontent filtrlaş tizimini joriy etiş talab qilinişi rejalaştirilmoqda. Aniq yoş çegaralari keyinroq belgilanadi. Şuningdek, har bir platforma bilan boğliq “qaramlik xavfi”ni baholaş tizimini yaratiş masalasi ham körib çiqilmoqda.
Ötgan yilning oxirida şunga öxşaş çeklov Avstraliyada joriy etilgan – 16 yoşgaça bölgan bolalar va ösmirlar uçun ijtimoiy tarmoqlarga kiriş çeklangan. Agar platformalar akkaunt oçilişining oldini oliş çoralarini körmasa, ularga jarima solinişi mumkin. Jarima miqdori 50 million Avstraliya dollarigaça yetadi.
2024 yilda Norvegiyada ham ijtimoiy tarmoqlardan foydalaniş böyiça çeklovlar kuçaytirildi. Ilgari bolalarga 13 yoşdan foydalanişga ruxsat berilgan bölsa, hukumat bu çegarani 15 yoşgaça oşirişga qaror qilgan.