Turkiya 15 yoşgaça bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlaydi
25-04-2026, 10:10
62 марта

Turkiya 15 yoşgaça bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlaydi
Keça, 23 aprel kuni Turkiya parlamanti 15 yoşga tölmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişini taqiqlovçi “Ijtimoiy xizmatlar töğrisida”gi qonun va bazi qonunlarga özgartiriş kiritiş haqidagi qonunni qabul qildi. Bu haqda “Haberler” xabar berdi.Hujjatga köra, ijtimoiy tarmoq provayderi 15 yoşga tölmagan bolalarga xizmat körsata olmaydi va uşbu xizmat körsatilmasligini taminlaş uçun yoşni tekşiriş (age verification) kabi zarur çoralarni körişga majbur böladi. Provayder 15 yoşdan oşgan bolalar uçun alohida ajratilgan maxsus xizmatlarni taqdim etiş böyiça zarur çoralarni köradi. Uşbu doirada körilgan çora-tadbirlar provayderning öz internet saytida elon qilinadi. Şuningdek, oçiq, tuşunarli va foydalaniş uçun qulay bölgan ota-ona nazorati vositalarini taqdim etiladi. Ota-ona nazorati vositalari esa hisob sozlamalarini nazorat qiliş, sotib oliş, ijaraga oliş va pullik azolik kabi tölovga asoslangan amallarni ota-ona ruxsati yoki tasdiği bilan boğlaş, şuningdek, foydalaniş vaqtini kuzatiş va çeklaş mexanizmlarini öz içiga oladi.
Turkiyadan turib kunlik kirişlar soni 10 milliondan ortiq bölgan ijtimoiy tarmoq provayderi keçiktirib bölmaydigan holatlarda berilgan qaror ijrosini darhol va eng keçi bilan bir soat içida amalga oşiradi. Qonunga muvofiq berilgan mazmunni olib taşlaş yoki kirişni taqiqlaş qarorlariga mavzu bölgan naşrning öz saytida qayta elon qilinmasligi uçun barça zarur çoralarni köradi.
Berilgan mamuriy jarima bildirilgan kundan boşlab 30 kun içida majburiyat bajarilmasa, Axborot texnologiyalari va aloqa kengaşi (BTK) raisi tomonidan Turkiyada soliq tölovçi bölgan jismoniy va yuridik şaxslarning uşbu provayderga yangi reklama berişi taqiqlanadi. Bu doirada yangi şartnomalar tuzib bölmaydi va unga oid pul ötkazmalarini amalga oşiriş mumkin emas. Reklama taqiqi qarori berilgan kundan boşlab 3 (uç) oy içida majburiyat bajarilmasa, BTK raisi provayderning internet trafigi ötkaziş qobiliyatini (bandit kengligini) 50 foizga toraytiriş uçun jinoiy sudga murojaat qilişi mumkin.
Agar sud qarori ijro etilganidan keyin 30 kun içida majburiyatlar bajarilmasa, BTK raisi trafikni 90 foizgaça toraytiriş uçun yana sudga murojaat qilişi mumkin. Sud ikkinçi murojaat böyiça xizmatning xususiyatini inobatga olgan holda pastroq foiz (lekin 50 foizdan kam bölmagan holda) belgilaşi mumkin. Majburiyatlar töliq bajarilgan taqdirda, reklama taqiqi bekor qilinadi va trafikka qöyilgan çeklovlar töxtatiladi.
Qonun bilan öyin platformalariga oid tartiblar ham joriy etilgan. Unga köra, öyin platformasi belgilangan tartibda tasniflanmagan (yoş reytingi berilmagan) öyinlarni taqdim eta olmaydi. Bunday öyinlarni faqat eng yuqori yoş mezoniga köra belgilagan holdagina taqdim etiş mumkin.
Turkiyadan kunlik kiruvçilar soni 100 mingdan ortiq bölgan xorijiy öyin platformasi Turkiyada jismoniy yoki yuridik şaxs körinişida öz vakilini tayinlaşi va bu haqdagi malumotlarni BTK’ga bildirişi şart. Öyin platformalari ham oçiq va tuşunarli ota-ona nazorati vositalarini taminlaydi.
Majburiyatlarini bajarmagan öyin platformasiga BTK tomonidan bildirişnoma yuboriladi. 30 kun içida kamçilik tuzatilmasa, 1 milliondan 10 million turk lirasigaça mamuriy jarima solinadi. Agar yana 30 kun içida bajarilmasa, jarima miqdori 10 milliondan 30 million liragaça oşirilişi mumkin.
Agar ikkinçi jarimadan keyin ham talablar bajarilmasa, BTK raisi öyin platformasi trafigini avval 30 foizga, keyin esa 50 foizgaça toraytiriş böyiça sudga murojaat qiladi. Agar platforma majburiyatlarini bajarsa, solingan jarimalarning törtdan bir qismi undiriladi va trafik çeklovlari bekor qilinadi.
Hujjat kuçga kirişi uçun Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan uni 15 kun içida imzolaşi kerak. Çeklovlar 6 oy ötgaç boşlanadi.
Malumot uçun, 2025 yil 10 dekabrda Avstraliyada dunyoda birinçi bölib 16 yoşdan kiçiklar uçun ijtimoiy tarmoqlardan foydalaniş taqiqlangan edi. 2026 yil boşidan esa Malayziya voyaga yetmaganlar uçun ijtimoiy tarmoqlarga kirişni taqiqladi. Şu yilning yanvar oyida Frantsiya Milliy assambleyasi ham 15 yoşgaça bölgan bolalar uçun şunga öxşaş taqiqni maqullagan edi, biroq u hali Senat tomonidan tasdiqlanmagan. Daniya, Ispaniya, Avstriya, Germaniya, Gretsiya va boşqa bir qator Yevropa davlatlari ham 14–16 yoşli bolalar uçun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişni çeklaş niyatida.