Rossiyalik boylar Yangi Zelandiyadan bunkerlar sotib olişni boşladi
25-04-2026, 19:57
202 марта

Rossiyalik boylar Yangi Zelandiyadan bunkerlar sotib olişni boşladi
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Valdaydagi qarorgohini Ukraina dronlari va raketalaridan himoya qiliş uçun qöşimça havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan örab olayotgan bir paytda, boşqa badavlat rossiyaliklar Yangi Zelandiyadagi yerosti bunkerlari bölgan uylarga millionlab rubl sarmoya kiritmoqda. Bu haqda mahalliy riyeltorlik agentliklariga tayanib, “Şot” xabar berdi.Malumotlarga köra, rossiyalik tadbirkorlar “Uçinçi jahon uruşi ehtimoli” va Eronda davom etayotgan uruş fonida Yangi Zelandiyada talab uç barobar ortib ketgan köçmas mulklarni sotib olmoqda. Bunday turarjoylarning narxi 23 milliondan 200 million rublgaça özgarib turadi.
Eng arzon variant – portlaşga çidamli, gaz ötkazmaydigan lyuk va suv ötkazmaydigan kompozit konstruktsiyaga ega kiçik xona körinişidagi bunker. Unga havoni filtrlaş tizimlari (kimyoviy, biologik, radiologik va boşqalar), şuningdek, olov va uçqunlar tarqalişiga tösqinlik qiluvçi “portlaşga çidamli fitinglar” örnatilişi mumkin. Keyingi narx segmenti – yaşaş, texnik qismlar, oşxona va boşqa bölinmalardan iborat töliq yerosti kvartiralari. Bunday himoyalangan uylarning ilğor variantlarida köp bolali oilalar va odamlar guruhi uzoq vaqt davomida yaşaşi mumkin.
Riyeltorlarning sözlariga köra, yerosti bunkerlari bölgan kottejlar faqat “elita mijozlarga tekşiruvdan söng” körsatiladi. Şuningdek, tayyor uyga qöşimça ravişda yaşirin joy qurib beriş varianti ham mavjud bölib, buning uçun 4 milliondan 40 million rublgaça pul tölaşga töğri keladi.
Odatda badavlat rossiyaliklar Oklend, Vellington va Kraystçerç kabi rus tilli jamoalar mavjud bölgan Yangi Zelandiya şaharlaridan yer uçastkalarini sotib oladi, söngra ularda maydoni taxminan 100 kvadrat metr bölgan bunkerli uylar quradi.