Xorazm bahori — ilhom va yangilaniş nafasi: Ziroat Mirziyoyeva iştirokida ötgan festival taassurotlari
29-04-2026, 12:06
116 марта
Xorazm bahori — ilhom va yangilaniş nafasi: Ziroat Mirziyoyeva iştirokida ötgan festival taassurotlariXorazmda bahor nafasi nafaqat tabiatda, balki sanat va ijodda ham yaqqol namoyon böldi. Ziroat Mirziyoyeva boşçiligidagi “Zamin” jamoat fondi taşabbusi bilan taşkil etilgan “Bahor bilan hamnafas” festivali yurtda ijodiy muhitni yanada jonlantirdi.
Mazkur tadbir “Zamin Creative” inklyuziv studiyalari iştirokçilari uçun öz iqtidorini namoyon etiş, tabiat uyğonişini sanat orqali ifoda qiliş imkonini yaratdi. Festival doirasida namoyiş etilgan har bir çiqiş, har bir asar bahorning yangilaniş ruhini özida aks ettirdi.
Yoş dizaynerlar öz kollektsiyalarida özbek adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri — Hamid Olimjon şeriyatidan ilhom olib, noyob liboslar taqdim etdi. Ularda milliy ananalar va zamonaviy uslub uyğunligi yaqqol sezildi.
Fotosuratçilar esa “Ibtido” körgazmasi orqali yangi hayot, yangi boşlaniş ğoyasini obrazli tarzda oçib berişga harakat qildi. Körgazma taşrif buyuruvçilarda çuqur taassurot qoldirdi.
Şuningdek, sahnada namoyiş etilgan çiqişlar ham alohida etiborga loyiq böldi. Aktyorlar milliy raqs va zamonaviy xoreografiyani uyğunlaştirgan holda, tomoşabinlarga unutilmas lahzalarni taqdim etdi.
Uşbu festival nafaqat madaniy tadbir, balki insonlarni birlaştiruvçi, ilhomlantiruvçi va yangi ğoyalarga çorlovçi maydonga aylandi. Xorazm bahori esa bugun yana bir bor — ilhom va yangilaniş ramzi sifatida namoyon böldi.




