Ziroat Mirziyoyeva Xorazmda: inklyuziv talim va yoşlar ijodiga etibor kuçaymoqda
28-04-2026, 18:10
129 марта
Ziroat Mirziyoyeva Xorazmda: inklyuziv talim va yoşlar ijodiga etibor kuçaymoqdaZiroat Mirziyoyeva Xorazm viloyatiga taşrifi doirasida zaif eşituvçi bolalar uçun möljallangan 96-son ixtisoslaştirilgan maktab-internatda böldi hamda Urganç şahridagi yoşlar ijodiyot markazida yaratilgan inklyuziv ijtimoiy muhit bilan tanişdi.
Maktabda taşkil etilgan hunarmandçilik yarmarkasi va robototexnika musobaqasi taşrifga alohida bahoriy kayfiyat bağişladi. Öquvçilar özlari tanlagan yönalişlar böyiça talim jarayonida şakllangan ijodiy va texnik qobiliyatlarini namoyiş etişdi. Bu esa inklyuziv talim orqali bolalarning salohiyatini oçişga qaratilgan işlar samara berayotganini körsatdi.
Şuningdek, Zamin Education sinfida mehmonlarga öquvçilarning oliy talim muassasalariga kiriş uçun imtihonlarga tayyorgarlik jarayoni taqdim etildi. Zamonaviy yondaşuvlar asosida taşkil etilgan darslar öquvçilarning bilim va könikmalarini mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.
Taşrif davomida Zamin fondi Vasiylik kengaşi raisiga ijodiy markaz pedagoglari International Inclusive Hub doirasida işlab çiqilgan inklyuziv kasb-hunar talimini rivojlantirişga qaratilgan metodikalarni joriy etiş va kengaytiriş böyiça mintaqaviy platforma taqdimotini ötkazişdi.
Mazkur taşrif Xorazmda inklyuziv talimni yanada rivojlantiriş, imkoniyati çeklangan bolalar uçun teng şart-şaroitlar yaratiş va yoşlarning ijodiy hamda kasbiy salohiyatini qöllab-quvvatlaş yölida muhim qadam sifatida baholanmoqda.




