USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şovotda nazorat kuçaytirilmoqdami? Çegara postlarida tartib va tirbandlik masalasi qanday hal etilmoqda?

310 марта
Şovotda nazorat kuçaytirilmoqdami? Çegara postlarida tartib va tirbandlik masalasi qanday hal etilmoqda?

Xorazm viloyati bojxona boşqarmasi boşliği Ş.Törayevning “Şovot” hamda “Şovot çegaraoldi savdo zonasi” çegara bojxona postlariga taşrifi mazkur hududlardagi iş jarayonlarini yana bir bor tahlil qilişga zamin yaratdi.

Dastlab “Şovot” çegara bojxona postida amalga oşirilayotgan işlar közdan keçirildi. Mazkur post orqali bir kunda örtaça 1000 nafardan ortiq fuqaro, şuningdek 100 dan ziyod yuk va yengil avtotransport vositalari harakatlanişi qayd etildi. Bu esa post faoliyatida yuqori yuklama mavjudligini körsatadi.


Örganişlar davomida bojxona nazoratini samarali taşkil etiş, transport vositalari tirbandligining oldini oliş hamda qonunbuziliş holatlariga yöl qöymaslik böyiça masullarga aniq topşiriqlar berildi.

Şundan söng rahbar “Şovot çegaraoldi savdo zonasi” postida ham bölib, u yerda yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi. Mazkur hudud orqali kunlik örtaça 5000 nafardan ortiq fuqarolar harakatlanmoqda. Etiborlisi, erkin savdo zonasida tovarlar aylanmasi kuniga 1,1 milliard sömdan oşib, hudud iqtisodiy faollik nuqtasiga aylanayotganini körsatmoqda.

Örganişlar yakunida xodimlarga qator muhim vazifalar yuklatildi. Jumladan, fuqarolar va tadbirkorlar uçun yanada qulay şart-şaroitlar yaratiş, ortiqça byurokratik tösiqlarni bartaraf etiş, ayniqsa tirbandliklarning oldini oliş böyiça tizimli çoralarni kuçaytiriş zarurligi takidlandi.
Şuningdek, xizmat jarayonlarida xodimlarning xuşmuomalaligi, murojaat qiluvçilarga nisbatan oçiq va samimiy munosabatda bölişi bugungi kun talabi ekani alohida qayd etildi.

Endi savol tuğiladi: amaliy özgarişlar qaçon seziladi? Fuqarolar uçun haqiqiy yengillik yaratiladimi yoki bu topşiriqlar qoğozda qolib ketmaydimi?

Изоҳ қолдириш

    • Shaxnoza 7 May 2026 05:54
      Rostdan juda kop svet ochib qoldi dab bojxonada tirbandlik yuzaga galadi tez tez ishlab odamlari otibarishlarini xoxlardik

Мавзуга алоқадор: