Yangiariqda kuçli şamol elektr tarmoqlariga zarar yetkazdi
21-05-2026, 19:33
74 марта
Yangiariqda kuçli şamol elektr tarmoqlariga zarar yetkazdiXorazm viloyati hududida kuzatilayotgan kuçli yoğingarçilik va şamol oqibatida Yangiariq tumanidagi ayrim mahallalarda elektr tarmoqlariga zarar yetdi.
Xususan, tumandagi “Tagan” va “Gulşan” mahallalarida aholi xonadonlarining tom qismi köçib tuşişi natijasida elektr uzatiş havo tarmoqlarida nosozlik yuzaga kelgan.
Malum qilinişiça, yuzaga kelgan vaziyatni zudlik bilan bartaraf etiş maqsadida Yangiariq tuman elektr taminoti korxonasining tezkor çiqiş brigadalari tomonidan belgilangan tartibda amaliy işlar olib borilmoqda.
Mutasaddilarning bildirişiça, nosozlik holati töliq bartaraf etilganidan söng mazkur mahallalarga elektr energiyasi qayta töliq yetkazib beriladi.
Ayni vaqtda aholidan ehtiyotkor böliş, uzilgan elektr simlariga yaqinlaşmaslik va xavfsizlik qoidalariga qatiy amal qiliş söralmoqda.


