Gurlanda "Ibratli oila" kökrak nişoni öz sohiblariga topşirildi
16-05-2025, 00:06
379 марта

Gurlan tuman hokimligida 15 may – “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan ibratli oila namunasi bölib kelayotgan, farzandlar tarbiyasi va ularning ilmli hamda kasb-hunarli bölişi, şuningdek, tadbirkorlikni rivojlantiriş, soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş va yoş oila vakillarini öz ortidan ergaştirişga katta xizmat qilayotgan oila vakillari iştirokida tantanali tadbir ötkazildi.
Unda viloyat hokimining örinbosari N.Kutlimuratova sözga çiqib, söngi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan vatan içra kiçik vatan, yani, oiladek muqaddas qörğonni asrab-avaylaş, unda ulğayotgan yoşlarni vatanparvarlik ruhida kamol topişi uçun yaratilayotgan şaroit va imkoniyatlar haqida alohida töxtalib ötdi.
Şundan söng, tumandagi 11 ta oila vakillariga “Ibratli oila” kökrak nişonlari tantanali ravişda topşirildi.





