Xorazmda katta miqdordagi öğrilik foş böldi: Fuqaro 122 million sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan
8-06-2026, 20:14
45 марта
Xorazmda katta miqdordagi öğrilik foş böldi: Fuqaro 122 million sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganXorazm viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş holatlarini aniqlaş va oldini olişga qaratilgan keng qamrovli reyd tadbirlari davom etmoqda. Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati xabar berdi.
Navbatdagi tadbir davomida Boğot tumanida yirik qonunbuzarlik holati foş etildi.
Elektr hisoblagiçni aylanib ötgan «tadbirkor»
Malum qilinişiça, Boğot tumani «Nurafşon» şaharçasida dehqonçilik faoliyati bilan şuğullanuvçi fuqaro O.H.ga tegişli bölgan suğoriş uskunalari közdan keçirilgan.
Örganişlar davomida fuqaro umumiy quvvati 2.2 kVt bölgan suv nasosini elektr hisoblagiçdan taşqari, özboşimçalik bilan tarmoqqa ulab olgani aniqlandi. U uzoq vaqt davomida davlat mulki bölgan elektr energiyasidan yaşirinça va noqonuniy ravişda foydalanib kelgan.
Tizzimga yetkazilgan zarar qança?Dastlabki hisob-kitoblarga köra, uşbu noqonuniy ulaniş natijasida elektr taminoti korxonasiga umumiy hisobda 122 million 700 ming söm miqdorida juda köp miqdorda moddiy zarar yetkazilgan.
Hozirda mazkur holat böyiça tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, qonuniy baho beriş va aybdor şaxsga nisbatan çora köriş uçun huquqni muhofaza qiluvçi organlarga taqdim etildi.Viloyat böylab noqonuniy ulanişlarni aniqlaşga qaratilgan qatiy reyd tadbirlari davom etmoqda.