Boğotda 2 farzandiga 54 million sömdan ortiq aliment tölamagan ota 15 sutkaga qamaldi
12-06-2026, 19:25
109 марта
Boğotda 2 farzandiga 54 million sömdan ortiq aliment tölamagan ota 15 sutkaga qamaldiMajburiy ijro byurosi (MIB) organlari tomonidan aliment undiruvi bilan boğliq sud qarorlari ijrosini taminlaş, farzandlari oldidagi majburiyatlaridan böyin tovlab yurgan şaxslarga nisbatan qonuniy çoralar köriş işlari izçil davom ettirilmoqda.
Navbatdagi ana şunday tadbir davomida öz vaqtida aliment tölamay kelgan masuliyatsiz ota javobgarlikka tortildi.
Ikki yillik qarzdorlik: 54,2 million söm!
Malum bölişiça, MIB Boğot tumani bölimi iş yurituvida bölgan qarzdor B.X.dan fuqarolik işlari böyiça Boğot tumanlararo sudining 2022 yil 3 avgustdagi buyruğiga asosan, undiruvçi G.S. foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy taminoti uçun aliment pulini tölab boriş belgilangan edi.
Biroq, ota uşbu majburiyatni bajarişdan muntazam ravişda böyin tovlab kelgan. Oqibatda, 2024 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 iyunga qadar bölgan davr içida uning alimentdan bölgan qarzdorligi 54,2 million sömni taşkil qilgan.
Jazoning muqarrarligi taminlandi
Qarzdor B.X.dan aliment pullarini undirişning imkoni bölmaganligi sababli, davlat ijroçisi tomonidan unga nisbatan mamuriy bayonnoma rasmiylaştirildi. Töplangan hujjatlar Özbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining (MJtK) 47⁴-moddasiga asosan Jinoyat işlari böyiça Boğot tumani sudiga yuborildi.
Sudning 2026 yil 10 iyundagi qarori bilan qarzdor B.X.ga 15 (ön beş) sutka mamuriy qamoq jazosi tayinlandi va qonun ustuvorligi hamda jazoning muqarrarligi taminlandi.
MIB Boğot tumani bölimi ota-onalarni farzandlari oldidagi ham moddiy, ham manaviy burçlarini unutmaslikka çaqiradi. Qonunni buziş va majburiyatdan qoçiş, baribir, javobgarlikka yetaklaydi.
Qudrat Jumaniyozov
Byuroning Boğot tumani bölimi davlat ijroçisi