Xorazmda qidiruvdagi ota topildi: alimentdan qoçgan şaxsga sud jazo tayinladi
5-04-2026, 06:10
236 марта
Xorazmda qidiruvdagi ota topildi: alimentdan qoçgan şaxsga sud jazo tayinladiXorazm viloyatida aliment tölovlaridan böyin tovlab yurgan şaxslarga nisbatan qatiy çoralar körilmoqda. Bu borada Majburiy ijro byurosi tomonidan olib borilayotgan işlar natijasida navbatdagi holat foş etildi.
Malum bölişiça, Boğot tumani bölimi iş yurituvida bölgan qarzdor R.B. fuqarolik işlari böyiça Boğot tumanlararo sudining 2020 yil 6 fevraldagi sud buyruğiga asosan undiruvçi T.Ş. foydasiga bir nafar farzandi uçun aliment tölab borişi lozim bölgan. Biroq u belgilangan majburiyatlarni bajarmasdan, aliment tölovlarini uzoq vaqt davomida tölamay kelgan.
Natijada, 2020 yil 6 martdan 2026 yil 1 aprelga qadar bölgan davrda qarzdorning aliment böyiça qarzdorligi 116 million 303 ming 400 sömni taşkil etgan.
Qarzdordan uşbu mablağni undiriş imkoni bölmaganligi sababli, davlat ijroçisi tomonidan unga nisbatan mamuriy bayonnoma rasmiylaştirilib, hujjatlar Özbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 47-4-moddasi asosida Jinoyat işlari böyiça Boğot tumani sudiga yuborilgan.
Sudning 2026 yil 2 apreldagi qaroriga köra, qarzdor R.B. aybdor deb topilib, unga nisbatan 15 sutka mamuriy qamoq jazosi tayinlandi.
Mutasaddilar takidlaşiça, aliment tölovlaridan qoçiş holatlariga qarşi kuraş izçil davom ettiriladi va bunday holatlarga nisbatan qonuniy çoralar qatiy qöllaniladi.