Qamalişdan qörqqan Xorazmlik ota aliment pulini tölaşga majbur böldi
3-07-2025, 11:42
420 марта
Qamalişdan qörqqan Xorazmlik ota aliment pulini tölaşga majbur böldiFuqarolik işlari böyiça Şovot tumanlararo sudining buyruğiga asosan qarzdor fuqaro T.M.dan undiruvçi M.R. foydasiga bir nafar farzandining moddiy taminoti uçun aliment undirilişi belgilangan.
Ijro hujjati böyiça qarzdor T.M. şu kunga qadar aliment pullarini kam miqdorda tölab kelganligi oqibatida qarzdorlik 27 mln. sömga yetgan.
Majburiy ijro byurosi Qöşköpir tumani bölimi davlat ijroçisi tomonidan qarzdor bir neça marotaba ogohlantirilişiga qaramasdan, puli yöqligini bahona qilib kelgan.
Şundan söng, davlat ijroçisi qarzdor T.M.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasiga asosan mamuriy javobgarlikka doir iş hujjatlarini töplab, sudga taqdim qilgan.
Mamuriy qamoq jazosidan qörqqan otadan 27 mln. söm naqd pullar voyaga yetmagan farzandning bir neça oylar davomida tölanmasdan kelinayotgan aliment pullari töliq undirib berildi.