Alimentdan qarzdor ota tilla dökonida qölga tuşdi
26-07-2025, 12:04
422 марта

Alimentdan qarzdor ota tilla dökonida qölga tuşdi
Aliment farzandlar manfaatlarini taminlaşga xizmat qilganligi sababli, har qanday şaroitda ham qidiruv çoralari köriladi va qonuniy javobgarlik taminlanadi.Majburiy ijro byurosining Iştixon tumani bölimida yuritilgan iş yuzasidan, Fuqarolik işlari böyiça Iştixon tumanlararo sudining qaroriga asosan, qarzdor Ş.S.dan undiruvçi G.E. foydasiga farzandining moddiy taminoti uçun aliment undiriş töğrisida ijro hujjati kelib tuşgan.
Malum bölişiça, qarzdor ota uzoq vaqtdan beri aliment tölovlarini amalga oşirmaganligi sababli qarzi 75 million sömga yetgan.
Bundan taşqari, u nomalum joyda yaşirinib yurgan. Şu munosabat bilan, boşqarmaning qidiruv şöbasi xodimlari tomonidan unga nisbatan qidiruv çoralari körilgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, qidiruvdagi şaxs Samarqand şahridagi tilla dökoniga bölajak rafiqasi uçun tilla buyumlarni xarid uçun kelganda qölga olingan va keyingi ijro harakatlarini amalga oşiriş uçun davlat ijroçisiga topşirilgan.