Hazoraspda «öqişga kiritib qöyişni» vada qilgan hokim yordamçisi uşlandi
18-06-2026, 16:38
345 марта
Hazoraspda «öqişga kiritib qöyişni» vada qilgan hokim yordamçisi uşlandiBugungi kunda yurtimizda korruptsiyaning har qanday körinişiga qarşi keskin kuraş olib borilayotgan bir paytda, afsuski, aholi bilan bevosita işlaşi kerak bölgan mahalla masullari örtasida ham qonunni aylanib ötişga uriniş holatlari uçrab turibdi.
Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boşqarmasi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari hamkorligida navbatdagi tezkor tadbir ötkazildi.
Unda Hazorasp tumani, “Ziyolilar” MFY hokim yordamçisi I.R. fuqaro D.R.ning işonçiga kirib, uni göyoki yuqori lavozimdagi tanişlari orqali Toşkent gumanitar fanlar universitetiga öqişga kiritib qöyişni vada qilgani aniqlandi.
Mahalla faoli uşbu «xizmati» evaziga 1 400 AQŞ dollarini olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Jinoyat işi qözğatildi
Mazkur holat yuzasidan uşlangan şaxsga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatildi:
168-modda (Firibgarlik)
28, 211-moddasi (Pora berişga suiqasd qiliş / iştirokçilik)