USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼ USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Milliy valyutani namoyişkorona yirtgan xorazmlik bloger 15 sutkaga qamaldi

308 марта
Milliy valyutani namoyişkorona yirtgan xorazmlik bloger 15 sutkaga qamaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Tödakölda bölib ötgan festivalda xorazmlik blogerning milliy valyutaga hurmatsizlik qilgani aks etgan video tasvirlar keng muhokamalarga sabab böldi. Videoda yoş yigit köpçilikning köz öngida namoyişkorona tarzda 2000 sömlik banknotani ikkiga bölib yirtib taşlagan.
Uşbu holat jamoatçilikning keskin etirozlarini keltirib çiqardi va huquq tartibot organlari tomonidan tezkorlik bilan örganildi.

Blogerning uzri kor qilmadi

Qilmişining oqibatini tuşunib yetgan bloger keyinçalik maxsus videomurojaat yozib, öz harakati uçun özbekistonliklardan va hamyurtlaridan uzr söradi:

«Bu qanday sodir bölganini özim ham bilmay qoldim. Xalqimdan keçirim sörayman. Nima qilganimni özim ham tuşunmadim, kayfiyatim juda alo edi. Barça birodarlardan, butun Özbekiston ahlidan, Xorazm viloyati va Şovot tumani aholisidan uzr sörayman», — deydi qonunbuzar öz murojaatida.

Sud hukmi: 15 sutka mamuriy qamoq
Uzr söraş sodir etilgan huquqbuzarlik uçun javobgarlikdan ozod etmaydi. Mazkur holat Jinoyat işlari böyiça Xiva şahar sudi tomonidan körib çiqildi.

Sud milliy valyutaga nisbatan hurmatsizlik qilgan fuqaroning harakatlarini örganib çiqib, uni Özbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan aybdor deb topdi. Sud qaroriga köra, huquqbuzarlik sodir etgan şaxsga 15 sutka mamuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Tahririyatdan: Milliy valyuta — bu davlat ramzlari kabi yurtimiz mustaqilligi va suverenitetining belgisidir. Unga nisbatan bunday hurmatsizlik qiliş nafaqat qonunbuzarlik, balki manaviy tubanlikdan dalolat beradi. Har bir fuqaro, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlarda kuzatuvçilarga ega bölgan bloggerlar öz xatti-harakatlari uçun masuliyatni his qilişlari şart.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: