Xorazmlik blogerga nisbatan tergov işlari boşlandi
25-11-2025, 20:35
2 554 марта
Xorazmlik blogerga nisbatan tergov işlari boşlandiKeça Xiva şahrida joylaşgan tarixiy muzeyda joylaştirilgan badiiy va tarixiy ahamiyatga ega haykallar oldida masxaraomuz xatti-harakatlar qilgan bloger Temur Sultanov (temurtemur530)ga nisbatan huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan rasman tergov işlari boşlandi.
Malum bölişiça, bloger özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Xorazm tarixiga nisbatan hurmatsizlik bilan çiqişlar qilgani uçun jamoatçilik örtasida katta norozilikka sabab böldi. Uning mazkur videosi qisqa fursat içida keng tarqaldi va ayniqsa tarixçilar, madaniyat xodimlari hamda fuqarolar tomonidan qattiq tanqid qilindi.
Rasmiy malumotlarga köra:
— Xodisa 24 noyabr kuni Xivadagi tarixiy muzeylarning birida sodir bölgan;
— Bloger muzey qoidalarini buzgan holda haykallarga nisbatan masxaraomuz harakatlar qilgan;
— Voqea yuzasidan tegişli mutasaddi idoralar tomonidan tekşiruv işlari boşlandi;
— Aybdor şaxsga nisbatan qonunçilikka muvofiq jinoiy yoki mamuriy javobgarlik qöllanilişi mumkin.
Madaniyat vazirligi va mutasaddi idoralar munosabati:
Madaniyat vazirligi va muzey mamuriyati bu kabi hurmatsizlik xatti-harakatlarini keskin qoraladi. Ularga köra, tarixiy merosga nisbatan bunday munosabat “madaniy qaşşoqlik” deb baholandi va kelgusida bu kabi holatlarning oldini oliş uçun nazorat çoralari kuçaytirilişi aytildi.
Jamoatçilik pozitsiyasi:
Ziyolilar va tarixşunoslar takidlaşiça, Xorazm — ulkan tamaddun beşigi bölib, uning tarixi va madaniy merosini masxara qiliş mutlaqo qabul qilib bölmaydi. Ularning fikriça, blogerning harakati nafaqat qonun, balki milliy qadriyatlarga ham ziddir.