Işoniş qiyin, ammo haqiqat: Xorazmda 4-sinf öquvçisi B2 sertifikatini qölga kiritdi!
20-06-2026, 11:06
135 марта
Işoniş qiyin, ammo haqiqat: Xorazmda 4-sinf öquvçisi B2 sertifikatini qölga kiritdi!Bugun yurtimizda yoş avlodning zamonaviy bilimlarni egallaşi, xorijiy tillarni mukammal örganişi uçun yaratilayotgan şaroitlar öz mevasini bermoqda. Buning yorqin isboti sifatida vohamizdan çiqqan yoş iqtidor egasining erişgan natijasi butun viloyat ahlini hayratda qoldirdi va faxrlantirdi.
Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi 48-sonli umumiy örta talim maktabining 4-sinf öquvçisi Matnazar Alişerov ingliz tilini biliş darajasini belgilovçi B2 milliy sertifikati sohibiga aylandi!
Odatda maktabning yuqori sinf öquvçilari, akademik litsey talabalari va oliy talim muassasalariga tayyorgarlik körayotgan abonentlar (öqituvçilar) katta qiyinçilik bilan erişadigan uşbu yuqori natijani Matnazar hali juda yoş bölişiga qaramay, alo darajada uddaladi. Oliy talimga kirişda imtiyoz beradigan uşbu darajani 4-sinf bolasi qölga kiritişi undagi yuksak intellekt, bilimga bölgan kuçli çanqoqlik va tinimsiz mehnatningmahsulidir.
Malumot uçun: B2 darajasi — xorijiy tilni mustaqil va erkin muloqot darajasida bilişni anglatadi. Bu yoşdagi bolaning bunday murakkab imtihondan muvaffaqiyatli ötişi kamdan-kam kuzatiladigan voqelikdir.
Bugun Matnazar nafaqat özi tahsil olayotgan maktab, balki butun Xorazm viloyati faxriga aylandi. Uning uşbu ulkan yutuği viloyatimizdagi va yurtimizdagi minglab tengdoşlari uçun haqiqiy ilhom va motivatsiya manbai bölib xizmat qilişi şubhasiz.
Saytimiz jamoasi nomidan iqtidorli öquvçimizni, uning ota-onasini va unga ilm bergan ustozlarini uşbu uluğvor ğalaba bilan samimiy muborakbod etamiz! Matnazarga kelajakda bundan-da yuksak marralarni va jahon minbarlarini zabt etişini tilab qolamiz!